AsosiySalomatlik

ShIFO MASLAHAT: Ko`rish qobiliyatingizni asrang!

'ShIFO MASLAHAT: Ko`rish qobiliyatingizni asrang!'ning rasmi

— Ko`rish qobiliyatim pastligi sabab ko`zoynak va linza taqaman. Ish jarayonida ham kun bo`yi kompyuter yonida o`tiraman. Hozir ikkinchi oliy ma`lumot olish uchun harakat qilyapman, o`qish ko`zimga zarar qilmasmikan? Tayyorlash uchun kitob va darsliklardan foydalansammi yoki elektron kitoblar yoki planshetdan foydalanganim ma`qulmi? Qaysi biri ko`zlar uchun zararsiz?

Ahmad Shokirov, Samarqand viloyati

Sayyora Abdullaeva, oliy toifali shifokor-oftalmolog:

— Uzoq muddat mayda harfli matnlar bilan ishlab ko`zni zo`riqtirish zararli bo`lib, xonaning yaxshi yoritilmagani, noto`g`ri o`tirishning ham ko`rish qobiliyatiga ta`siri bor. Bundan tashqari, elektron kitoblarni o`qishda ham gigienik talablarga rioya qilish muhim o`rin tutadi. Xuddi shunday kitob o`qishda va televizor ko`rishda ham gigienik qoidalarga rioya qilish lozim.

Ko`z qog`ozdagi tasvirni o`qishga moslashgan, lekin planshetda tasvir yarqirab turadi. Shu sabab planshetdan uzoq vaqt foydalanish, kitobdan foydalanishdan ko`ra zararliroq. Ko`zning namlanishi kamaygani uning faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Elektron kitoblar ekrani esa oddiy kitoblarga yaqinlashtirilgan bo`lib, bu ko`z zo`riqishining oldini oladi. Ammo bunda ham o`qish talablariga rioya qilish kerak. Ya`ni xonaga yorug`lik tushishini to`g`ri ta`minlash, to`g`ri o`tirish, kitobning joylashishiga e`tibor berish hamda tanaffuslar bilan o`qish lozim.

    Boshqa yangiliklar