— Yoshim 36 da. Ikki soat qimirlamasdan bir joyda o`tirsam, bo`g`imlarim qirsillay boshlaydi. Bu xavflimi? Bo`g`imlarim kasallikka chalinganmi? Kun bo`yi o`tirib ishlaydigan korxonada faoliyat yuritaman.Kasallikning oldini olish uchun nima qilish kerak?
Zebo, Toshkent shahri:
Odilbek To`rabaev, shifokor travmatolog-ortoped:
— Bo`g`imlarning og`riqsiz qirsillashi (g`ichirlashi) bo`g`imlar kasallanganidan dalolat bermaydi. Bunga aniqlik kiritish uchun avval ortoped-shifokor ko`rigidan o`tish lozim.
Lekin qirsillash artroz, artrit kabi kasalliklari rivojlanayotganidan darak berishi mumkin.
Yoshingizni inobatga olib, rentgen eki MRT tekshiruvidan o`tishni maslahat beramiz.






