AsosiyJamiyat

Qishloq joylaridagi qurilish ishlariga mo`ljallangan asosiy parametrlar belgilandi

Davlatimiz rahbarining15 noyabrdagi Qaroriga asosan 2014 yilda qishloq joylarida yakka tartibdagi namunaviy loyihalar asosida qad rostlashi rejalashtirilgan asosiy qurilish parametrlar belgilangan Dastur tasdiqlandi.
 
Mazkur hujjat 2014 yilda qishloqlarda 11 mingta namunali loyiha asosida uylarni qurib egalariga topshirishni ko`zda tutadi, bu haqda Norma.uz xabar beradi. 
 
2014 yilda qishloq joylarida turar joylarni qurishga Osiy taraqqiyot bankining 100 mln AQSh dollari qiymatidagi kredit mablag`lari jalb etiladi. Mazkur mablag`lar OTBning 500 mln AQSh dollar qiymatidagi ko`ptranshli moliyalashtirish loyihasi doirasidagi ikkinchi transh hisoblanadi. 
 
Mazkur dasutr bir qator korxona va tashkilotlarga soliq va bojxona imtiyozlari belgilangan. 
 
Unga ko`ra Qarorda belgilangan tashkilotlar 2015 yilning 1 yanvariga qadar soliq va bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi.
 
Mazkur tashkilotlar tomonidan belgilangan barcha qurilish materiallarini maqsadli ishlatishni nazorat qilish O`zR Davlat soliq qo`mitasi zimmasiga yuklatilgan.
 
Agarda tashkilotlar tomonidan imtiyozda qo`llanishi kerak bo`lgan qurilish materiallari maqsadlardan tashqarida ishlatilsa ularga moliyaviy sanksiya qo`llanilib, Dalat byudjetiga jarima
undiriladi.
 

    Boshqa yangiliklar