AsosiyJamiyat

​KO`P YILLAR QAROVSIZ TURGAN «ChORSU» MEHMONXONASINING TAQDIRI HAL BO`LDI

'​KO`P YILLAR QAROVSIZ TURGAN «ChORSU» MEHMONXONASINING TAQDIRI HAL BO`LDI'ning rasmi

Bir necha yillardan buyon qarovsiz holda turgan Toshkentdagi «Chorsu» mehmonxonasining taqdiri hal bo`ldi.

Turkiyaning Demir Group kompaniyasi mazkur mehmonxona negizida sayyohlik majmuasini quradi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 7 sentyabr kuni Demir Group kompaniyasiga ushbu majmuani «nol» qiymatida sotish to`g`risida takliflarni maqullab qaror imzoladi.

Turk kompaniyasi, Davlat investisiya qo`mitasi, Turizmni rivojlantirish bo`yicha davlat qo`mitasi hamda Toshkent shahar hokimiyati bu borada hamkorlik memorandumini imzolashdi, deb yozadi UzDaily.

Hujjat doirasida Demir Group «Chorsu» mehmonxonasini to`liq qayta qurib, uning o`rniga zamonaviy mehmonxona va biznes markazi barpo etadi.

Demir Group hajmi $33 mln. bo`lgan investision va ijtimoiy majburiyatlarni oldi. Investisiya ikki yil davomida kiritiladi.

«Eski Shaxar» sayyohlik zonasi mehmonxona, savdo-ko`ngilochar, sog`lomlashtirish va sayyohlik majmualarini o`z ichiga oladi. Hududda shuningdek do`konlar, hunarmandlarning ustaxonalari joylashadi.

Mehmonxona majmuasi 270 xonadan iborat bo`ladi. Mehmonxonada restoranlar, do`konlar va SPA-salonlar faoliyat yuritadi.

Loyihani amalga oshirish uchun Inter Tourism qo`shma korxonasi tashkil etilib, O`zbekiston rahbari ushbu QKga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdi.

    Boshqa yangiliklar