1

Shifo maslahat: UYQU-MUHIM!

Salomatlik 12.09.2017, 18:07
Shifo maslahat: UYQU-MUHIM!

— Ko`pincha o`zimni lohas sezaman, shifokor bunga uyqusizlik sabab, dedi. Kishi kun bo`yi tetik yurishi uchun necha soat uxlashi lozim?

Q.Boboxonov, Shahrisabz shahri

— Kayfiyatimiz, ruhiy holatimiz, yaqinlarga bo`lgan munosabatimiz, ko`pincha tunda qanday uxlaganimiz bilan bog`liqdir.

  • 8 soat uyqu o`zimizni tetik va kuchimizga ishonuvchan, kayfiyatimiz a`lo, ko`rinishimiz yaxshi bo`lishiga sabab bo`ladi.
  • 7 soatlik uyqu kishida ma`yuslik uyg`otadi, diqqatni jalb qilish uchun zo`r berish kerak bo`ladi, xotira sustlashib, jismoniy charchoq seziladi.
  • 6 soatlik uyqudan so`ng – atrofdagi hamma narsadan asabiylashish, tez qaror qabul qila olmaslik, vaznning oshishi, immunitetning kamayishi kuzatiladi. Harakatlanishda chaqqonolik va nafislik yo`qoladi.
  • 5 soatlik uyqu kishini tushkunlikka tushiradi, jismoniy holat ikki barobar sustlashadi, yurak yoki oshqozon xuruji sodir bo`lish holati kuchayadi, kishi o`zinimast odamdek his etadi.
  • Muntazam ravishda 4 soat uxlagan kishida quyushqondan chiqish, ruhiy tushkunlik kuzatiladi.

Shunday ekan, organizm maromida ishlashi uchun uyquga alohida e`tibor berish zarur.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1