​PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEVNING NUTQI XORIJIY OAVDA KATTA QIZIQISh UYG`OTMOQDA

Jamiyat 13.09.2017, 09:41
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident
​PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEVNING NUTQI XORIJIY OAVDA KATTA QIZIQISh UYG`OTMOQDA

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 10 sentyabr kuni Ostona shahrida bo`lib o`tgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo`yicha birinchi sammitida so`zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg`otdi. Ularda davlatimiz rahbarining nutqida bildirilgan asosiy fikrlarga alohida e`tibor qaratilgan ko`plab materiallar chop etilgani ham bundan dalolat beradi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Xususan, Bi-Bi-Si O`zbek xizmati (bbc.com/uzbek) Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o`z nutqida islom olamining muammoli masalalari, avvalo, ilm-fan va texnologiyalar borasida rivojlangan davlatlardan sezilarli darajada orqada qolayotganini ta`kidlaganini qayd etgan.

Internet nashr Prezidentimizning Toshkent shahrida Islom sivilizasiyasi markazini tashkil etish bo`yicha tashabbusiga alohida e`tibor qaratgan.

Shuningdek, Bi-Bi-Si Shavkat Mirziyoevning musulmon olamida fan va texnologiyalar taraqqiyoti darajasiga bergan bahosiga, IHTga a`zo davlatlar katta moliyaviy salohiyatga ega bo`lsa-da, iqtisodiyotga innovasion g`oya va texnologiyalarni joriy etishda faollik ko`rsata olmayotganini afsus bilan qayd etganiga, fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qo`shilgan hissa uchun Islom hamkorlik tashkilotining xalqaro mukofotini ta`sis etish va uni keng ommalashtirish tashabbusiga o`quvchilar diqqatini qaratgan.

«Ozodlik» radiosi (ozodlik.org) O`zbekiston Prezidenti musulmon mamlakatlari olimlarining fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qo`shgan hissasini munosib taqdirlash maqsadida IHT mukofotini ta`sis etishni taklif qilgani, bu, ayniqsa, yosh olimlarga ilmiy-texnologik yo`nalishlardagi izlanishlarini yanada faollashtirishga rag`bat bo`lishini qayd etgan.

Uaport.net internet nashri o`z maqolasida bunday yozadi: «O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Islom olami jahon ilm-fani va sivilizasiyasiga qo`shgan beqiyos hissasi bilan faxrlanishga to`la haqli ekani, Markaziy Osiyo hududi esa Sharq Renessansining yirik markazi sifatida ma`lum va mashhur bo`lganini ta`kidladi. Algoritm asoschisi Al-Xorazmiy, qomusiy olim Al-Farg`oniy, ko`plab fanlar rivojiga ulkan hissa qo`shgan Ibn Sinoning boy ilmiy va ma`naviy merosining beqiyos ahamiyati tobora ortmoqda".

"Biz Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo`yicha Doimiy qo`mitasi faoliyatini yuksak baholaymiz va uning ishida yanada faol ishtirok etishni rejalashtirganmiz. Tashkilotimizning mazkur yo`nalishda o`n yillik harakatlar dasturi natijalari belgilangan maqsadlarga erishilganidan dalolat beradi, deya ta`kidladi O`zbekiston Prezidenti», deb yozadi internet nashri.

vb.kg internet portali Shavkat Mirziyovning IHTga a`zo davlatlar oliy ta`lim muassasalarining xalqaro darajasi pastligi borasidagi so`zlariga e`tibor qaratgan: «A`zo davlatlarning faqatgina 11 ta oliy ta`lim muassasasi jahonning 500 ta eng yaxshi universiteti reytingidan o`rin olgan, xolos. Yoki 2015 yilda dunyo bo`yicha patent olish borasidagi murojaatlarda bu mamlakatlarning hissasi atigi biru o`ndan to`qqiz foizni tashkil etgan».

Sputniknews-uz.com davlatimiz rahbarining IHTga a`zo ayrim davlatlar o`z moliyaviy salohiyatidan fan va texnologiyalarni rivojlantirishda foydalanmayotgani to`g`risidagi so`zlarini keltiradi: «Aksariyat musulmon mamlakatlari boy tabiiy zaxiralarga, katta moliyaviy salohiyatga ega bo`lsa-da, iqtisodiyotga innovasion g`oya va texnologiyalarni joriy etishda faollik ko`rsata olmayotganini afsus bilan qayd etish lozim».

«O`zbekiston rahbari mamlakatlar o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda global iqlim o`zgarishi masalasiga ko`proq e`tibor qaratish, yuqori samarali kompyuter markazlarini yaratish, yosh olimlar va yoshlar bilan kompleks ishlash orqali ushbu vaziyatdan chiqish mumkinligini ta`kidladi», deb qayd etadi manba.

Kazpravda.kz nashri IHT Doimiy qo`mitasining a`zo davlatlar hududida oltita Yuqori samarali kompyuter markazini tashkil etish to`g`risidagi tavsiyasiga muvofiq, davlatimiz rahbari O`zbekiston shunday markazlardan birini o`z hududida joylashtirishga tayyor ekanini bildirgani hamda Musulmon olami yosh olimlari xalqaro markazini tuzishni taklif etganiga alohida e`tibor qaratgan.

Shavkat Mirziyoevning navbatdagi IHT Fan va texnologiyalar sammitini O`zbekistonda o`tkazish to`g`risidagi taklifi ham xorijiy ommaviy axborot vositalarining alohida e`tiborini tortdi.

Mazkur masala haqida to`xtalar ekan, Kant.kg davlatimiz rahbarining quyidagi so`zlarini keltiradi: «A`zo davlatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi, aholining munosib hayot darajasini ta`minlash maqsadida Fan va texnologiyalar bo`yicha sammitni har uch yilda bir marta o`tkazishni va ushbu taklif qo`llab-quvvatlangan taqdirda, keyingi sammitni 2020 yilda O`zbekistonda o`tkazishga tayyor ekanimizni bildirmoqchiman».

Ushbu tashabbus ca-news.org veb-sayti materialida ham o`z aksini topgan: «Ostona sammitida so`zga chiqqan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev IHTning Fan va texnologiyalar bo`yicha sammitiga mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi».

Internet nashri O`zbekiston rahbarining ushbu tashabbusi Tashkilotga a`zo davlatlar tomonidan keng qo`llab-quvvatlanganini qayd etadi hamda IHT Fan va texnologiyalar bo`yicha birinchi sammiti Ostona deklarasiyasi bandlaridan birini keltiradi: «Islom hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar O`zbekiston Prezidentining IHT Fan va texnologiyalar bo`yicha ikkinchi sammitini O`zbekistonda o`tkazish to`g`risidagi taklifini mamnuniyat bilan qabul qiladilar».

«Biz IHT Bosh kotibiyati va KOMSTEK (IHTning Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo`yicha Doimiy qo`mitasi)ni O`zbekiston hukumati bilan O`zbekistonda IHT Fan va texnologiyalar bo`yicha ikkinchi sammitini chaqirishga kerakli tayyorgarlik ishlarini boshlashga vakolat beramiz», deyiladi deklarasiyada.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Ostona shahrida bo`lib o`tgan IHT sammitidagi nutqi ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, internet tarmog`i foydalanuvchilari tomonidan ijobiy baholandi va faol qo`llab-quvvatlandi. Nutq bo`yicha ko`plab izohlar bildirilgani va undagi fikrlar turli nashrlarda qayta chop etilgani ham shundan dalolat beradi.

Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbari tomonidan IHT sammitida Tashkilotning fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi sa`y-harakatlarini faollashtirishga doir bildirilgan tashabbuslar internet hamjamiyati tomonidan yuksak baholandi va keng qo`llab-quvvatlandi, bugun ham internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlar diqqat markazida bo`lib turibdi.

Sharhlar

O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1