1

​ Shifo maslahat: “VAZNIM BO`YIMGA MOS EMAS”

Salomatlik 13.09.2017, 11:16
​  Shifo maslahat: “VAZNIM BO`YIMGA MOS EMAS”
— Yoshim 22 da. Bo`y o`lchamim 178 sm. Bo`lsa-da, vaznim 59 kg.ni tashkil etadi. Ayting-chi, bo`yimga mos tarzda qanday qilib vazn to`plashim mumkin?

Ahror Po`latov, Buxoro viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

Sizning yoshingizda bo`y o`sishi jadal suratda yuz berib, shuning hisobiga vazningiz kamayib ketayotgandek tuyulayotgan bo`lishi mumkin. Agar chindan ham vazningizdan xavotirda bo`lsangiz, endokrinolog shifokor ko`rigidan o`tib, gormonlar tahlilini topshiring. Shu bilan birga, gastroenterolog ko`rigi ham talab qilinishi mumkin. Sizning yoshingizda jismoniy faollik ko`p. Bu esa vazn ortishiga to`sqinlik qiladi. 30-40 yoshdan keyin moddalar almashinuvi susayib, asta-sekinlik bilan vazn to`planishi sodir bo`ladi. Maslahatim, avval tibbiy ko`rikdan o`ting. Agar organizmingizda hech qanday muammo aniqlanmasa, so`ng kaloriyasi yuqori bo`lgan mahsulotlarni iste`mol qilishingiz mumkin. Semirish uchun mushaklarni kattalashtiruvchi usullarni qo`llamang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1