AsosiyJamiyat

YaNGI HAYDOVChILIK SERTIFIKATI: YuRIDIK ShAXSLARGA TEGIShLI AVTOTRANPORT HAYDOVChILARI IKKI YILDA BIR MARTA MALAKA OShIRADI

'YaNGI HAYDOVChILIK SERTIFIKATI: YuRIDIK ShAXSLARGA TEGIShLI AVTOTRANPORT HAYDOVChILARI IKKI YILDA BIR MARTA MALAKA OShIRADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 4 sentyabrdagi «Innovasion o`qitish uslublarini joriy etish yo`li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish

tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida»gi qarori haydovchilar malakasini muntazam oshirish, bu orqali yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan.

Qarorda yo`l harakati xavfsizligi, fuqarolar hayoti va salomatligini ta`minlash, yo`l-transport hodisalarining oldini olish choralarini kuchaytirish, shuningdek, o`quv jarayoniga innovasiya uslublarini joriy etish yo`li bilan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarning malakasini oshirish tartibini takomillashtirish vazifalari belgilangan.

Ma`lumki, «Avtotest Report» mas`uliyati cheklangan jamiyatida avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo`yicha o`qitishning uyg`unlashgan uslublari qo`llaniladi. Shuningdek, o`quv jarayoniga

o`quvchilarning o`quv darajasini oshirishga qaratilgan, o`qitish monitoringini olib borish va uni rejalashtirish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi joriy etilgan.

Qarorga asosan 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotranport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar ikki yilda bir marta malaka oshirishga majburligi belgilandi. Shuningdek,

haydovchilarga malaka oshirgani to`g`risida «Avtotest Report» MChJ o`quv kompleksining sertifikati topshirilishi nazarda tutilgan. Qarordan kelib chiqib, 2018 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini sertifikatsiz boshqargan haydovchilarga nisbatan ma`muriy javobgarlik joriy etiladi

    Boshqa yangiliklar