AsosiyJamiyat

​BOSh PROKURATURA DIREKTORLARNI KALTAKLAGAN HOKIM IShI YuZASIDAN TEKShIRUV BOShLADI

'​BOSh PROKURATURA DIREKTORLARNI KALTAKLAGAN HOKIM IShI YuZASIDAN TEKShIRUV BOShLADI'ning rasmi

OAVda Sayxunobod hokimining direktorlarni qator qilib, birma-bir kaltaklab chiqqani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergandik.

"Darakchi" tahririyati mazkur holatga izoh olish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qildi. Bosh Prokuraturadan videodagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlab yuborilganligini va uning natijalari bo`yicha alohida ma`lumot taqdim etilishini ma`lum qilishdi.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati hokimiyati bilan bog`langanimizda ular bu haqda ma`lumotga ega emasligini va shu sabali hech qanday ma`lumot bera olmasligini aytib go`shakni qo`yib qo`yishdi.


    Boshqa yangiliklar