CIES izlanishlar markazi mavjud tarkibga eng ko`p pul sarflagan klublarni aniqladi.
Ro`yxatda "Manchester Siti" klubi peshqadamlik qilmoqda. "Shaharliklar"ning jami xarajati 853 mln. evroga teng. Ikkinchi o`rinni PSJ (850 mln), uchinchi o`rinni "Manchester Yunayted" (784 mln) klublari egallab turibdi. Qizig`i shundaki, bir yil oldin "MYu" ro`yxatni boshqarib kelayotgandi.
Mavjud tarkibga eng ko`p pul sarflagan klublar:
1. "Manchester Siti" (Angliya) - 853 million evro
2. "PSJ" (Fransiya) - 850
3. "Manchester Yunayted" (Angliya) - 784
4. "Chelsi" (Angliya) - 644
5. "Barselona" (Ispaniya) - 628
6. "Real" (Ispaniya) - 497
7. "Yuventus" (Italiya) - 470
8. "Liverpul" (Angliya) - 437
9. "Arsenal" (Angliya) - 416
10. "Tottenhem" (Angliya) - 361