1

Shifo maslahat: “AVITAMINOZNING ChORASI BORMI?”

Salomatlik 14.09.2017, 17:39
Shifo maslahat: “AVITAMINOZNING ChORASI BORMI?”

— Mavsum almashinuvlari organizmimga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Ayniqsa, bahor yaqinlashgani sayin holsizlanib, qo`limga ishga bormay qoladi. Shifokorlar bunday holatni avitaminoz, deyisharkan. Unga qarshi biror chora bormi?

Gulbahor Samadova, Jizzax viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor:

— Bahor kelishiga yaqin avitaminoz ko`pchilikni holdan toydiradi. Buning asosiy sababi, qish bo`yi vitaminli mahsulotlarni kam iste`mol qilish bo`lsa, yana bir omil organizmdagi surunkali kasalliklarning “uyg`onishi”dir. Avitaminoz alomatlari kuzatilayotgan bo`lsa, taomnomani rang-barang mahsulotlar bilan boyitishga harakat qiling. Meva va sabzavotlar, ko`katlar, qoqlar ayni muddao. Ismaloq, yalpiz, jag`-jag` qo`shilgan somsa, chuchvara va mantilar ham organizmga quvvat ulashadi. Bordi-yu ahvolingiz o`nglanmay bosh og`riqlari, bosh aylanishi yoki mehnat layoqatining sustlashib borishi davom etaversa, shifokor ko`rsatmasi bilan polivitaminlardan iborat muolaja buyurilishi mumkin.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1