1

TUHMATNING OG`IR TOShI

Mutolaa 14.09.2017, 20:23
TUHMATNING OG`IR TOShI

— Oqsoqol bovo, huv, Oqsoqol bovo...

— Hov, hozi-i-i-i-r, — degancha qo`lini yuvib bemavrid kelgan mehmonga peshvoz chiqdi.

— Kel, bolam, kel, — dedi oqsoqol yigitcha bilan qo`l olib ko`risharkan.

— Oqsoqol bovo, biznikiga borarkansiz... Bobom... Bobom o`tib qoldilar... — kutilmagan o`lim yigitchaning ko`nglini larzaga solganida ovozi titrab chiqardi.

— Ie! — Mahkam ota o`lim ko`raverib ko`zi pishib ketgan bo`lsada, baribir har gal kimningdir vafoti haqidagi xabarni eshitsa ichidan zil ketardi. — Shunaqami... Q-qani o`tir-chi, — Mahkam bobo pichirlab, yuziga fotiha tortdi. Keyin yigitchaga qarab “sen boraver, men ortingdan zing`illab etib boraman”, dedi.

— Kelin, bolalarni uyingizga opchiqing, bobosi birpas dam olsin, — dedi kampiri.

— Tinmang, sira tinmang, — cholining yana og`rib qolishidan xavotir olgan kampiri norozi to`ng`illadi. — Shu mahallani ishi deb tongdan qora tungacha yuguring...

— Nima deysan endi, elchilik...

— E-e, ertaga yotib qolsangiz kuningizga yararmidi shular?... — shivirlab astag`furulloh deb qo`ydi.

— Aytgandim-a, o`zi, shu Asalchi boboni qizi boshiga etadi deb. Ko`rdingiz aytganim bo`ldi.

— Ha, sen o`zi bashoratchi bo`lishing kerak edi-da kampir... — dedi Mahkam bobo miyig`ida kulib. Keyin chuqur uh tortib davom etdi: — Asalchi bobo bilan kecha kechqurun gaplashgandim-a, ertalab Qorachodir mahallasiga oshga boramiz deb kelishib qo`yuvdik... Xudoyimning ishlariyam qiziqda... — oqsoqol tengdoshi Asalchi boboning o`lganiga sira ishongisi kelmasdi. — Kechqurun juda boshqacha bo`lib o`tiruvdi o`zi, tobi yo`qdir deb indamagandim...

— Qaerdan tobi bo`lsin? Axir bir moshin ayol kelib uyida qiyomat qilib ketishdi-ku!

— Nima bo`pti o`zi? Boya ma`rakadayam allaqanday gaplar qulog`imga chalindi-yu, e`tibor berishga vaqt bo`lmadi, — so`radi Mahkam bobo

.— Asalchi boboni qizi Saodat esingizdami? Eridan ajrashib Rossiyaga ketgandi. O`sha qizini o`zi bilan olib, o`g`lini eriga tashlab ketgan ekan...

— Saodatning eri uylangach, o`gay ona bolaga kun bermay qo`yibdimi, yoki kimdir bolaning xayolini buzganmi bilmadim, ishqilib uyam onamning yoniga ketaman deb turib olibdi. Xullas, o`g`li ham ketipti. Saodat bir oilaning bolasiga qaragani uchun u oila qaerga ketsa u ham o`sha erga borarkan. Yigitcha borganda onasi Italiyami-pitaliyami xullas o`shanaqa joyga ketganmish. U yoqda onasi bilan singlisi yashaydigan uyda yashab yuraveribdi. Taqdirni uchrashtirganini qarang, o`gay onasining ukasi Mahmud jizzaki ham o`sha shaharda yasharkan. O`rtada gap qochib, Mahmud yigitcha bilan tortishib qolibdi.

— He, ahmoq... — Mahkam bobo soqolini tutamlab o`yga toldi.

— Bechora Asalchi bobo, “hoy, qizim og`zingizga egalik qiling, bilib-bilmay har narsani gapiravermang. Mening qizim halol ishlab yuribdi, yaqinda qaytib kelib bolalarini o`zi bag`riga olmoqchi. Mendan maslahatsiz nabiramni onasining oldiga jo`natdingiz... Endi uyimga kelib haqorat qilyapsiz. Sizda insof bormi o`zi?” degan ekan baloga qolibdi. U ayol opasiyu singlisi bilan kelgan ekan Asalchi bovo bechorani talab tashlashibdi. Qo`shnilar hay-haylab, mashinasiga o`tqizib haydab yuborishibdi. Zumrad kelin “izing kesilsin” deb orqasidan suv ham sepibdi...

— Yurak ketibdi... — afsus bilan bosh chayqadi oqsoqol.

— Darrov do`xtir chaqirishibdi, hamma bolalari etib kelishibdi. Bovo nuqul rahmatli xotini bilan Saodatni chaqirarmish. Tonggga yaqin joni uzilibdi..

— Baribir qizi-da, jigarining qonidan bo`lgan...

— Ha, qiz bo`lmay har narsa bo`lsin, otasining boshiga etdi, — qarg`andi kampir.

— Bilmasdan gapirma! Balki tuhmatdir, — Mahkam boboning qovog`i uyuldi.

— Mayli serialimni ko`ray, — degancha xonasiga yo`l oldi.

— Juda qo`pol anglashilmovchilik bo`libdi, kechirimni mendan emas, o`g`lim bilan onasidan so`rang, — dedi va go`shakni Saodatga berdi.

— Saodat biroz tinchlandimi?

— Ha, hammasi anglashilmovchilik bo`lgan ekan. Kundoshi Saodat degan ismni eshitib, Asalchi bovonikiga bostirib kelavergan, ahmoq xotin!

— To`g`ri aytasiz, Saodat sira yomon ayol emas, o`sha kundoshi yomon bo`lsa kerak, o`zi ko`nglim sezuvdi bu yoda bir gap borligini, — dedi ishonch bilan.

So`fi azon aytmasdan kelgan chaqiriq qo`ylarga em tayyorlash uchun kuymalanayotgan Mahkam otaning xayolini bo`ldi. Qirq yildan buyon mahallaga oqsoqol bo`lgan Mahkam ota bemahal chaqiriqlarga o`rganib ketgan. Odamlarni ko`rmasa-da, ovozining ohangidan xushxabar yoki shumxabar bilan kelganini aniq bilardi. Hozir ham xabarchining ovozidagi titroqdan noxushlikni sezdi.

Ostonada qo`shni ko`chada yashaydigan, Asalchi bovoning o`n sakkiz yoshlar atrofidagi nabirasi turardi.

Shoshganidan kalishiga chalishib, ayvon ustuniga osig`liq turgan yaktagini egniga tashlab marhumnikiga yugurgiladi.

Tong otmay chiqib ketgani bo`yicha qora kechda qaytib kelgan Mahkam boboni nabiralari chuvillab qarshi olishdi

Kelin biri bobosining tizzasiga, biri elkasiga osilayotgan bolalarni zo`rg`a ajratib hovli to`ridagi uyiga olib ketdi.

Bolalarning shovqini tingach, Mahkam bobo achchiq choydan bosib-bosib ichdi. Biroz boshining og`rig`i qolgandek bo`ldi. Keyin uh tortgancha oyog`ini uzatib yonboshladi.

— Menikiga yaramasa ham mayli, o`zinikiga yarab tursa bo`lgani, — dedi Mahkam bobo do`ppisini echib, qoqib-qoqib bir chetga qo`yarkan.

Mahkam bobo bilaman degandek bosh chayqadi.

Bir kuni o`sha Mahmud kim bilandir urishib qolibdi-yu, janjal kattalashib ketibdi. Xullas, Mahmudni politsiya qamab qo`yadi. Bu gapni kimdir Saodatning kundoshiga telefon qilib etkazibdi. O`sha kimdir adashganmi yoki bilib aytganmi, “ukang Saodatning o`g`li bilan urishib qamaldi” debdi. Ukasi kundoshi sabab qamalganini bilgan o`gay ona sochini yulib Asalchi bobonikiga keladi. Xullas, “qizing etimchasini tashlab ketib hayotimni zaharlagani etmagandek, endi ukamning hayotini ham barbod qildi. Qizing falondek bo`lmaganida boshqa yurtlarda sang`ib yurarmidi, nabirangni qamoqda chiritaman, ukam shuncha yildan buyon ishlab yuruvdi, biror gapi chiqqani yo`q edi! Xullas, bolalaringgga tarbiya bermagansan, qanday otasan, bu sharmandalikka chidab o`tiribsan?” deb baqir-chaqir qilib Asalchi bovoni qo`ni-qo`shnilarning oldida er bilan bitta qiladi.

Zumrad kelinning aytishicha Asalchi bovo asabiylashganidan qizarib-bo`zarib ketibdi, qo`shnilar do`xtir chaqiraylik, desa ham qo`ymay, uyiga kirib ketipti. Zumrad keyinroq borib xabar olsa Asalchi bobo bir joyda o`tirolmay hovlining u yog`idan bu yog`iga borib kelayotganmish. Ha, yotib qolmapti-ku, deb xotirjam bo`lib uyiga qaytibdi. Yarim kechasi Asalchi boboning hovlisidan kelinining dodlagan ovozi eshitilibdi. Zumrad erini chiqarib yuborsa, tuni bilan uxlolmay yurib chiqqan bovo gurs etib yiqilibdiyu, qaytib turmapti...

Kampiri bilganidan qolmay g`udrangancha o`rnidan turdi:

Oqsoqol bo`lgan voqealarni o`ylay-o`ylay ko`zi ilinganini sezmadi.

Asalchi boboning ettisi kuni, qizi Saodat ikki bolasini yoniga olib dodlab yig`lagancha kirib keldi. U vaqtida etib kelolmagani uchun o`zini urib, uzoq yig`ladi...

Qarindosh-urug`, qo`ni-qo`shnining yovqarash qilayotganini sezmay qaqshab yig`layverdi.

Ma`raka o`tib, hamma tarqagach, Mahkam ota Saodatning bolalari bilan qoldi.

— Endi ketmayman, butkul qaytib keldim, — Saodat yig`idan qizargan ko`zini artib. — Otamning o`ligini ham ko`rolmaganimdan keyin, qanday farzand bo`ldim?...

Shu mahal Saodatning eri, farzandlarining otasi Botir kirib keldi.

Hech gapdan xabari yo`q Saodat sobiq erini ko`rib avvaliga jahli chiqdi, keyin ta`ziyaga kelgandir degan xayolda yumshadi.

Botir bosh egib, Saodat va o`g`lidan kechirim so`radi.

— Meni kechiringlar, xotinimning ko`zi rashkdan ko`r bo`lib, o`z o`g`limdan ham meni qizg`anadigan bo`p qolgandi. Men ham ahmoqlik qilib uning gapiga kiribman. O`g`limizni sening yoningga yubormaganimda shuncha gap yo`q edi... U ahmoqqa kimdir Rossiyadan qo`ng`iroq qilib, “ukang Saodatning o`g`li bilan janjallashib, qamaldi desa” bu erga yugurib kelaveribdi. U umuman boshqa odam bilan janjallashgan ekan...

Saodat Botirning gaplarini eshitishga toqati yo`qligini bildirib, o`rnidan qo`zg`aldi.

— Bu gaplardan endi foyda yo`qligini bilaman... Odamlarning og`ziga elak tutib bo`lmaydi, har xil gaplarni eshitib o`g`limning ko`nglida onasiga nisbatan xiralik qolmasin, undan ko`ra hammaisni o`zimdan eshitsin degan maqsadda aytgani keldim, — Botir boshini egdi.

Shu mahal Botirning telefoni jiringladi. Qo`ng`iroq qilgan odam bilan istar-istamas so`rashgan Botir:

Saodat kundoshining ukasi bilan gaplashishni istamadi.

Bolalarining ko`ziga ortiq qaray olmagan Botir ular bilan xayrlashib boshini eggancha chiqib ketdi.

Mahkam bobo uyiga qaytib kelgach, kampiri so`roqqa tutdi.

Mahkam bobo barchasini gapirib bergach, kampiri uning gapini ma`qulladi:

Mahkam ota kuni kecha Saodatning go`riga g`isht qalab turgan kampiriga qarab kulib qo`ydi.

Charchagan Mahkam ota o`rniga yonboshlar ekan, bu mashmashaning tagida boshqa gap bor, Asalchi bovo bolalariga yaxshi tarbiya bergan degan xayolda Botir bilan uchrashib unga “qayningdan so`rab shu gapga oydinlik kiritib ber” degani uchun o`zidan o`zi ko`ngli to`lib soqolini silab qo`ydi.

Dilfuza SOBIROVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1