1

​O`ZBEKISTON MADANIYaT VAZIRI ROSSIYaDAGI RAQS TANLOVI IShTIROKChILARIGA OMAD TILADI

Madaniyat 15.09.2017, 18:15
​O`ZBEKISTON MADANIYaT VAZIRI ROSSIYaDAGI RAQS TANLOVI IShTIROKChILARIGA OMAD TILADI

Rossiyada bo`lib o`tayotgan O`zbekiston madaniyati kunlari munosabati bilan Moskvaga tashrif buyurgan O`zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev Sputnik axborot agentligi va NTV telekanali hamkorligida o`tkazilayotgan xalqaro "T super. Tans" tanlovining o`zbekistonlik ishtirokchilari bilan uchrashdi.

Toshkent viloyati Bo`ka tumanidagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilari Anastasiya Molokova, Durdona Ergasheva va Monika Dodarbekovalar tanlovning birinchi bosqichida g`oliblar safidan joy olib, keyingi bosqichga chiqishgan.

Baxtiyor Sayfullaev yosh raqqoslalarni san`atga ilk qadam qo`yganlari bilan tabrikladi va o`zbek san`atini jahonga tanitadigan avlodni hamisha qo`llab-quvvatlashga tayyorekanini ta`kidladi.

Baxtiyor Sayfullaev o`zbekistonlik yosh iste`dodlarga hamisha kitob bilan oshno bo`lishni maslahat berdi hamda ularga omad tiladi.

Qizlar shuningdek, Moskvadagi "Kosmos" konsert zalida bo`lib o`tgan O`zbekiston san`at ustalari ishtirokidagi konsertda ham chiqish qildilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1