1

Shifo maslahat: “O`ZSAM, TERIM OSILIB QOLADIMI?”

Salomatlik 18.09.2017, 21:32
Shifo maslahat: “O`ZSAM, TERIM OSILIB QOLADIMI?”

— Yoshim 18 da, vaznim 106 kg. Ozishim kerak desam, vazn tashlagach teri osilib qolishi mumkin, deyishayapti. Chindan ham shunday bo`ladimi? To`g`ri ozish yo`llari, usullari bilan tanishtirsangiz?..

Doston Adburahmonov, Toshkent shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Tana vazni bilan kurashishdan avval uning yig`ilishiga sabab bo`lgan omilni aniqlash lozim. Buning uchun endokrinolog ko`rigidan o`tishni tavsiya etaman. Semirishga olib kelgan omillar qaysilar, irsiyat, kasallik, kam harakatlik yoki noto`g`ri ovqatlanishmi? Shunga ko`ra ozish usullariga murojaat qilinadi.Kam kaloriyali mahsulotlarni iste`mol qilib, sport mashqlariga diqqat qilinsa va oyiga 3-4 kilogramdan asta-sekinlik bilan vazn tashlansa, teri osilib qolmaydi. Mashqlardan so`ng suyuqlik ichish yoki taomlanish mumkin emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1