27.11.2013 17:35
“Tamagochi” o`zining ikkinchi hayotini boshladi
“Tamagotchi Friends”ning yangi versiyasida o`yinchoq o`z prototipiga juda o`xshaydi, ammo u bir nechta variantlarda bajarilgan. Yangi Tamagochi yaqinida turgan boshqalari bilan “muloqot qilish” va “o`ynash” imkoniyatiga ega. “Tamagotchi Friends” sotuvlari shu yil dekabr oyida G`arbiy Evropada boshlanadi.
Qayd etib o`tamiz,o`yin 1996 yil 23 noyabrda paydo bo`lgan. “Tamagochi” yaponcha “tamago” – “tuxum” va “uotti” – “soat” so`zlaridan iborat bo`lib, o`yin syujeti bo`yicha u tuxumdan chiqadi
va o`zini parvarish qilishni talab etadi. Uni boqish, orqasidan yig`ishtirish, sog`lig`ini nazorat qilish lozim. Elektron “hayvoncha” bilan xuddi haqiqiy uy jonivori kabi o`ynash ham mumkin.
Dastavval o`yinni yangidan boshlash imkoniyati ko`zda tutilmagandi, Tamagochiga yaxshilab qaralmasa, u nobud bo`lardi. Ushbu stressni ko`tara olmagan bir nechta o`smir o`z joniga qasd
qilganidan so`ng barcha qurilmalar o`yinni tashlash tugmachasi bilan jihozlana boshlandi.