"O`zbek davlat sirki" davlat muassasasi 17 sentyabr kuni bo`lib o`tgan dasturida o`zbek sirkining buyuk namoyondasi, O`zbekiston Xalq artisti Hakim Karimovich Zaripovni 93 yillik tavallud ayyomi bilan qutladi.
Katta sirk tomoshasidan xalqaro sirk festivallari g`olibi Hakim Zaripov boshchiligidagi "O`zbekiston yigitlari" jamoasi, Tojikistonda xizmat ko`rsatgan artist Narziniso Alieva rahbarligidagi dorbozlar jamoasi chiqishlari o`rin olgan. Bundan tashqari gimnastlar, akrobatlar, jonglyorlarning mahorati ham hammaga manzur bo`ldi.
Hakim Zaripov 1924 yil 17 sentyabr Toshkentda (Hozirgi O`zbekiston) sirk sulola asoschisi Karim Zaripov oilasida tavallud topgan.
Sirkdagi faoliyati 1938 yil otasi Karim Zaripov boshchiligida otliq-chavondoz ansambli “O`zbekiston chavondozlari”da faoliyatini boshladi.
1952 yildan 2006 yilga qadar ushbu jamoaga etakchilik qildi.
Ansambl bilan birgalikda ko`pgina shaharlar va chet ellarda: Bolgariya, Polsha, Chexoslovakiya, Germaniya, Ruminiya, Mongoliya, Vengriya, Finlyandiyada xizmat safarida bo`lgan.
U R.Glier nomidagi Toshkent musiqa maktabini (hozirgi Glier nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik liseyi ), so`ngra Toshkent konservatoriyasining (hozirgi O`zbekiston davlat konservatoriyasi) dirijyorlik fakultetini (simfonik bo`limi)ni tamomlagan.
Turli hil joydagi sirklarda, dasturlar, sirk jamoalarining badiiy rahari bo`lib ishladi.
Ko`pgina sirk artistlariga ta`lim berdi.
Hozirgi vaqtda ish faoliyatini davom ettirmoqda. “O`zbekiston chavondozlari” guruhini yangidan qayta tikladi va otlarni o`rgatish bilan shug`ullanmoqda.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist (1954), O`zbekiston xalq artisti (1964), Sovet Ittifoqi xalq artisti (1980)