1

Isroil olimlari neftning o`rnini bosuvchi moddani topdi

Hi-tech 28.11.2013, 12:20
Isroil olimlari neftning o`rnini bosuvchi moddani topdi
Karbonat angidrid gazi va suv insoniyatni yaqinlashib kelayotgan energetika tangligidan qutqarishi mumkin.

Negevadagi Ben-Gurion nomli universitet olimlari ana shunday fikrda. Ular neftning o`rnini bosishga qodir ekologik toza xomashyoni ishlab chiqarishning innovasion mexanizmini ishlab chiqdi. Yangi xomashyoni osonlik bilan suyuq yonilg`iga aylantirish mumkin, bunda uni yaratish jarayoni mavjud infratuzilma va boshqa etarlicha an`anaviy texnologiyalardan foydalanishni ko`zda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu xomashyo neftni qayta ishlash zavodlariga etkazib berilishi mumkin bo`lib, ularga yangi boshlang`ich materialni qo`llash uchun deyarli modernizasiya ishlari talab etilmaydi.    

Yangi texnologiya asosida katalizasiya jarayoni yotadi, bunda oldin ushbu maqsadlarda qo`llanilmagan mutlaqo yangi usullardan foydalaniladi. Mazkur jarayon davomida asosini vodorod va karbonat angidrid gazi tashkil etuvchi sintetik gaz ishlatiladi. Texnologik jarayon oddiyligi bois olimlar muqobil yonilg`ining navbatdagi varianti 5-10 yildan so`ng paydo bo`lishini va`da qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1