28.11.2013 13:59
JSST: Evropaliklar ataylab o`ziga OIV infeksiyasini yuqtirmoqda
Eng murakkab vaziyat – Gresiyada. Tashkilot konkret raqamlarni keltirgani yo`q, hisobotda faqat bu mamlakatdagi infeksiyaga chalinganlar soni “sezilarli darajada oshgani” xabar beriladi, xolos. Ma`lumotlarga ko`ra, yangi holatlarning yarmi – o`ziga-o`zi yuqtirishdir. Shu o`rinda, Evropa Ittifoqida OIVga chalingan bemorlarga beriladigan nafaqa 700 evroni tashkil etishini aytish joiz. Hozir jiddiy iqtisodiy tanglikni boshidan kechirayotgan Gresiya uchun esa bu mo`maygina pul. Bundan tashqari, EI bemorlarga o`rnini bosuvchi terapiyadan tez foydalanishni ham kafolatlaydi. Shuningdek, JSST hisobotida Gresiyadagi hayot darajasining keskin tushib ketish fonida jinoyatchilik va o`z joniga qasd qilishlar soni oshayotgani ham qayd etiladi.