1

Xurmoning o`nta foydali xususiyati

Salomatlik 28.11.2013, 14:29
Xurmoning o`nta foydali xususiyati
Ushbu shirin kuz ne`mati teridan tortib ichakkacha bo`lgan butun organizmingizni quvontirishi shubhasiz.

Tarkibidagi glyukoza va fruktoza moddalarining ko`pligi tufayli ikki-uch dona xurmo mevasi qorningizni to`ydirishi mumkin.
Olmalarda mis va rux moddalari ko`p bo`lsa, xurmo o`z tarkibidagi natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir moddalari bo`yicha birinchi o`rinda turadi. Shuningdek, unda oziq-ovqat tolalari olmaga qaraganda ko`proq. Pishgan xurmo mevalari oshqozon-ichak trakti, jigar faoliyati, ko`rish qobiliyatini yaxshilaydi, teri va jinsiy bezlar faoliyatini tartibga soladi.

1. Saratonga qarshi

Xurmo qovoq, kalendula, chakanda, o`rik va boshqa sariq-zarg`aldoq sabzavotlar va mevalar kabi yosh o`tishi bilan yuzaga keladigan o`simtalarning o`sishiga to`sqinlik qiladi. O`zining yorqin rangi tufayli xurmo mevasi tarkibida beta-karotin miqdori ko`p bo`lib, u hujayra tuzilmalarini shikastlovchi erkin radikallarga qarshi kurashishga qodir juda kuchli antioksidant hisoblanadi. U terining keksayish belgilariga qarshi kurashadi. Xurmodagi beta-karotin moddasi pomidor, qovoq va qizil bulg`or qalampiriga qaraganda juda ko`p.

2. Buyrakdagi toshlardan xalos etadi

Xurmo tarkibidagi magniy moddasi buyrakda toshlar hosil bo`lish ehtimolini kamaytiradi, organizmdan natriy tuzlari chiqishiga yordam beradi. Ushbu meva peshob haydash va tonusni ko`tarish xususiyatiga ham ega.

3. Yurak faoliyatini mustahkamlaydi


Xurmo yurakkasalliklariga ega kishilar uchun juda foydali, chunki unda kaliy moddasi ko`p
bo`lib, u bemalol valokordin preparatining o`rnini bosishi mumkin. Har kuni 2-3 dona xurmo mevasini iste`mol qilsangiz, yurak xastaliklari haqida uzoq vaqt eslamaysiz. Bundan tashqari, shotland olimlarining ta`kidlashicha, aterosklerozga qarshi kurashda xurmo hatto olmani ham ortda qoldirar ekan. 

4. Tomirlar uchun.


S va R vitminlarigaboy xurmo mevasi qon tomirlariga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, ularning mo`rtligini kamaytiradi. Shifokorlar ushbu mevani varikoz va milklar qonashidan aziyat chekuvchi kishilarga tavsiya etadi.

5. Stafilokokka qarshi.


Xurmo ichak tayoqchasi, oltingrang stafilokokka qarshi bakterisid ta`sirga ega.

6.
Diareyada foydali.

Xurmo sharbati surunkali diareyadan xalos bo`lishda yordam beradi. 6 ta pishgan mevani bo`laklarga kesing va ularni 3 stakan qaynab turgan suvga solib, 20 daqiqa davomida qopqog`i
yopiq holda ushlang. Qaynatmani dokada suzib oling va 0,5 litrdan har 4 soatda qabul qiling.

7. Gipertoniya va shishlarga qarshi.


Gipertoniya vashishlarda xurmo barglarini yuving, quriting va hovonchada maydalang. 5-7 kun
davomida har kuni 2 mahal ovqatdan keyin ¼ choy qoshiqdan qabul qiling.

8. Anemiyaga qarshi.


Xurmo mevasi temir moddasiga boy, shu bois uning sharbatini kuniga 2 mahal ovqatdan oldin 50-100 ml dan qabul qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, u asab tizimini tinchlantiradi,
ish layoqatini oshiradi.

9. Yo`talga qarshi.


Tomoqni bir donapishgan xurmo mevasining sharbatiga 3,5 osh qoshiq iliq suv qo`shgan holda chayqash juda foydali.

10. Yuz uchun niqob!


Xurmo eti va tuxum sarig`idan tayyorlangan niqob husnbuzarlarga moyil teri uchun eng maqbul vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, xurmo yuz terisining tonusini oshiradi va, hatto,
teridagi dastlabki keksayish alomatlariga qarshi kurashadi.
Yuz terisining tonusini oshirish uchun xurmo qirg`ichdan o`tkaziladi, hosil bo`lgan bo`tqa qaymoq yoki tuxum sarig`i bilan teng miqdorda aralashtiriladi, yuzga 15-20 daqiqaga surtiladi. Niqob iliq nam momiq bilan olib tashlanadi, keyin yuz sovuq suvga chayiladi. Bitta kurs 15-20 ta niqobdan iborat.

DIQQAT!


Xurmo tarkibida engil o`zlashtiriladigan qandlar miqdori ko`p bo`lgani bois, u semirish va qandli diabet kasalliklariga chalingan kishilarga tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari,
mutaxassislar ushbu meva ayrim kishilar uchun zararli bo`lishi mumkinligi haqida ham ogohlantiradi. Agar yaxshi pishmagan xurmo mevasi ko`p iste`mol qilinsa, ichak o`tmasligi kasalligiga yo`liqish mumkin. 

AYTGANDAY


Nega u qimizak ta`mga ega? Mevaning qimizak ta`mini xurmo pishayotgan davrda tarkibidagi tanin moddasining ko`pligi bilan izohlash mumkin. Ushbu modda meva to`liq pishganidan keyin yo`qoladi. Xurmoning yorqin zarg`aldoq rangi va jigarrang tusga kirgan bargchalari meva pishganligiga ishora qiladi. Pishgan mevalar etarlicha yumshoq bo`lishi kerak. agar xurmoda qora nuqtalar va dog`lar paydo bo`lgan bo`lsa, dumak u ayniy boshlagan.
Xurmoni ehtiyotlik bilan, uning yuzasini shikastlamasdan saqlash zarur. Pishmagan mevalarning sovuqda qolishi zararli. Pishgan xurmo yoki uning etini sovutgichda bir necha kun saqlash hamda yarim yilga muzlatib qo`yish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1