1

​“O`ZBEKKINO” BIR NEChTA BADIIY FILMLAR USTIDA IShLAShNI VAQTINChA TO`XTATIShNI TAVSIYa ETDI

Madaniyat 21.09.2017, 11:45
​“O`ZBEKKINO” BIR NEChTA BADIIY FILMLAR USTIDA IShLAShNI VAQTINChA TO`XTATIShNI TAVSIYa ETDI

“O`zbekkino” Milliy agentligi “O`zbekfilm” kinostudiyasiga shu yil suratga olina boshlangan bir nechta badiiy filmlar ustida ishlashni 2018 yilning yanvar oyigacha vaqtincha to`xtatib turishni tavsiya etdi.

Bu haqda rejissyor Zulfiqor Musoqov o`zining o`zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qildi.

Vaqtincha to`xtatilgan filmlar orasida Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqo`rg`on” kartinasi ham bor. Rejissyor buning sababini moliyaviy muammolar, deb qayd etgan.

“Shu kunlargacha ijodiy guruh tayyorgarlik ishlarining juda katta foizini amalga oshirgan. 14 sentyabrdan oyliksiz bo`lsa ham ishimizni davom ettiryapmiz... Niyatimiz xolis, Xudo xohlasa, filmni 2018 yilning kuz oylarida tomoshabinlarga taqdim etamiz”, — deb yozadi Zulfiqor Musoqov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1