— AKDS vaksinasi bola bir yoshga to`lgunicha uch marta qilinishini bilaman. O`g`limga ushbu vaksinani faqat bir marta qildirganmiz, qolganiga imkon bo`lmadi. Hozir farzandim ikki yoshdan oshdi. Endi qolib ketgan vaksinani olsak bo`ladimi yofoydasi yo`qmi?
Gulbahor, Toshkent shahri
Magina ARTIKOVA, oliy toifali shifokor-pediatr:
— AKDS, bu difteriya, ko`k yo`tal va qoqsholga qarshi emlash hisoblanadi. Emlashlar milliy taqvimiga ko`ra AKDS vaksinasining uchtasi go`dakning bir yoshga to`lgunigacha, bittasi yoshidan oshgandan so`ng bajariladi. Agar farzandingiz ushbu vaksinaning faqat bittasini qabul qilgan bo`lsa, emlash tartibini qaytadan boshlash mumkin. Buning uchun avval pediatr va nevrapatolog ko`riklaridan o`tish lozim. Agar qarshi ko`rsatmalar bo`lmasa, AKDS vaksinasining uchtasi ketma-ket uch oy mobaynida olinadi. Bir yildan so`ng to`rtinchisi qilinadi.






