Hindistonda ilon mast fuqaroni butunligicha yutib yubordi

Dunyo 29.11.2013, 16:49
Hindistonda ilon mast fuqaroni butunligicha yutib yubordi
Hindistonga borsangiz, qaerda uxlayotganingizga e`tibor bering. Mamlakat janubi-g`arbidagi
Kerala shtati fuqarolaridan biri mast holatda spirtli ichimliklar do`koni yonida uxlab qolgan paytida ulkan ilon sudralib kelib, uni bo`g`ib o`ldirgan va butunligicha yutib yuborgan, deya xabar beradi “Triple M”.

Qo`rqinchli fotosuratda ko`rib turganingizday, ilon uxlayotgan odamni tirikligicha yutgan.
Biroq ba`zi jurnalistlar fotosuratning haqiqiy ekanligiga shubha bildirmoqda. Ularning so`zlariga ko`ra, bu fotosurat bir yildan beri Internetda “yuribdi”. U oxirgi bor muhokama qilinganida, muallif sifatida afrikalik suratkash Linda Niatoro ko`rsatilgan edi. Niatoroning so`zlariga qaraganda, ushbu kadr JARdagi Durban Nort shahri yaqinida olingan. Bunda ilon kimni yoki nimani yutganiga aniqlik kiritilmagan.

Har qanday holatda ham ushbu ilon surati ekzotik mamlakatlarga sayohatga otlanganlar uchun yaxshigina ogohlantirish bo`lishi shubhasiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1