AsosiySport

WTA TASNIFIGA KIRUVChI “TOShKENT OPEN – 2017” XALQARO TURNIRI BOShLANDI

'WTA TASNIFIGA KIRUVChI “TOShKENT OPEN – 2017” XALQARO TURNIRI BOShLANDI'ning rasmi

25-30 sentyabr kunlari poytaxtimizda Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tasnifiga kiruvchi “Toshkent open – 2017” xalqaro turniri bo`lib o`tadi. Mukofot foni 250 ming AQSh dollarini tashkil etadigan ushbu xalqaro turnirda yigirmadan ziyod davlatdan yuzdan ortiq raketka ustasi qatnashmoqda.

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o`tkazilayotgan turnirning yakkaliklar o`rtasidagi birinchi davrasida hamyurtlarimizdan Nigina Abduraimova yaponiyalik Nara Kurumi bilan bahslashadi. Sabina Sharipova esa shveysariyalik Shtefani Fyogelega qarshi kortga chiqadi. Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova ukrainalik Katarina Kozlovani snovdan o`tkazadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar