Poytaxtimizdagi "O`zbekiston" sport majmuasida gandbol bo`yicha xotin-qizlar o`rtasida Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi bo`lib o`tmoqda. Unda O`zbekiston, Eron, Qozog`iston va Hindiston jamoalari g`oliblik uchun o`zaro bahslashmoqda.
Musobaqaning dastlabki turida “AGMK” jamoasi Qozog`istonning “ILE” klubi bilan 36:36 hisobida durang o`ynagan bo`lsa, “Uzbechka” jamoasi Hindistonning “India” komandasini 37:31 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Shuningdek, Qozog`istonning “Almaty” va Eronning “Larestan” jamoalari bahsi 23:19 hisobida yakunlandi.
Musobaqaning ikkinchi turida quyidagi natijalar qayd etildi: “ILE”-“Almaty” - 32:27, “Larestan”-“Uzbechka” - 23:20, “AGMK”-“India” - 45:27.






