Abu-Dabidagi kasalxonalardan birida dunyoning eng semiz ayoli bo`lmish 37 yoshli Misr fuqarosi Imon Ahmad Abdulati vafot etdi.
2016 yilda uning vazni 500 kiloni tashkil qilgan. O`sha vaqtda OAVda 25 yoshli qiz uydan chiqa olmasligi va shu sababli uning ota-onasi qizini boqishga qodir emasligini tushunib, mamlakat Prezidentiga murojaat qildi.
Unga hindistonlik, keyinchalik esa arabistonlik shifokorlar yordam berishga urunishdi.
2017 yilning boshlarida uni yuk samolyotida Misrdan Bombeyga olib kelishdi. U erda "Sayfi" kasalxonasida ayolga laparoskopiya o`tkazilib, uning 70 foiz oshqozoni olib tashlandi.
Maxsus dieta yordamida ayol qisqa vaqtda 300 kilodan ortiq vazn tashladi.
May oyida uzoq vaqtdan buyon ilk bor mustaqil ovqat ham iste`mol qildi. Ammo shunga qaramay u yashab qololmadi. 25 sentyabr kuni Abu-Dabi tibbiy markazidan xabar berishlaricha, uning o`limi ichki organlarning ishdan chiqqanligi sabab vafot etdi.






