1

​Shifo maslahat: “FARZANDIMNING SOG`LIGIDAN XAVOTIRDAMAN”

Salomatlik 25.09.2017, 19:40
​Shifo maslahat: “FARZANDIMNING SOG`LIGIDAN XAVOTIRDAMAN”

— O`g`lim bir necha kundan buyon yozilish vaqti achishish bezovta qilayotganini aytayapti. O`tib ketar, deya e`tibor bermayotgandim, bilsam, peshob ajralishi ham muammo bo`layotgan ekan. Nahot bu sistit bo`lsa?! Xastalik bolalar ham kuzatiladimi?

Dilrabo Qahhorova, Samarqand viloyati

M. ALIMOV, endourolog jarroh

— Sistit — siydik qopining infeksion yallig`lanishidir. Kasallikning bolalar va o`smirlar orasida uchrashi asosan 3-12 yoshlarda ko`proq kuzatilib, qizlar o`g`il bolalarga nisbatan besh marta ko`proq xastalanishadi. Immunitetning pasayishi, sovuq qotish, turli xil dori preparatlarini iste`mol qilish, gormonal buzilishlar kasallikning rivojlanishiga sabab bo`luvchi omillar hisoblanadi. Tibbiyotda bolalar va o`smirlar o`rtasidagi sistitning bir nechta turlari tafovut qilinadi. Har biri o`ziga xos klinik belgilar bilan namoyon bo`ladi. Bemorda tez-tez peshob ajratish, yozilish vaqti achishish va bezovtalik, qovug` old sohasida og`riq, injiqliq, uyqusizlik, tana haroratining ko`tarilishi, ishtahaning yo`qolishi, ko`ngil aynish kabi belgilar shular jumlasidandir.Kasallikni tashxislashda umumiy peshob taxlili, buyrak va peshob yo`llari ultratovush tekshiruvi, sistoskopiya – qovug` ichini maxsus asbob bilan ko`rish orqali amalga oshiriladi.

Farzandingizdagi o`zgarishlar sistitga ishora qilayotgan bo`lsa, albatta shifokor ko`rigiga olib boring. O`z vaqtida boshlangan muolaja kasallikdan to`liq xalos bo`lish imkoniyatini oshiradi. Mutaxassis buyurgan davo choralaridan tashqari, quyidagi holatlarga ham diqqat qiling:

  • Parhez: achchiq, sho`r, gazli ichimliklar, sirka, mayonez, dudlangan taomlar mumkin emas;
  • Sovuq qotishdan saqlanish lozim;
  • Badantarbiya mashqlarini kanda qilmaslik;
  • Kechasi yotishdan oldin suyuqlik ichishni chegaralash tavsiya etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1