1

Shifo maslahat: “HOMILADOR BO`LOLMASLIGIM VAZNIMGA BOG`LIQMI?”

Salomatlik 25.09.2017, 19:50
Shifo maslahat: “HOMILADOR BO`LOLMASLIGIM VAZNIMGA BOG`LIQMI?”

— To`rt yildan buyon farzandga zormiz. Turmush o`rtog`im bilan barcha tibbiy tekshiruvlardan o`tib bo`ldik, xalqona usullar ham qolmadi, ammo natijasi bo`lmayapti. Yaqinda tana vaznining reproduktiv tizim faoliyatiga ta`siri haqida eshitib qoldim, ehtimol, mendagi muammo shudir? Vaznim 75 kilogramm, bo`ychanman, avvaldan nozik qiz emasdim. Homilador bo`lolmayotganimga tana vaznining ta`siri bormi?

A., Toshkent shahri

Nilufar BO`STONOVA, ginekolog:

— Semizlik organizmda moddalar almashinuvining buzilishi sabab yuzaga keladigan jarayondir. Ayrim holatlarda tana vaznining me`yordan ortiqligi farzand ko`rishga monelik qiluvchi omillardan biri sifatida qayd etiladi. Biroq shunda ham to`lalik bilan birga endokrin tizim faoliyatidagi o`zgarishlar mavjud bo`lsagina, ushbu tashxisga yuzlanish mumkin. Sizning vaziyatingizda ortiqcha xavotirga o`rin yo`q, tibbiy ko`rik xulosalari jiddiy muammoni ko`rsatmagan bo`lsa, yaxshi niyat bilan farzandli bo`lishingizga ishoning.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1