Interbrand konsalting agentligi dunyoning eng qimmat brendlari nomini e`lon qildi, deb yozadi RIA Novosti.
Reytingning birinchi pog`onasidan Apple kompaniyasi joy oldi, uning qiymati 184 milliard dollardan ortiq. Ikkinchi pog`onadan Google kompaniyasi joy oldi, Interbrand hisob-kitoblariga ko`ra, uning narxi 142 milliard dollar. Dunyoning eng qimmat brendlari uchligini Microsoft yakunlab berdi, uning qiymati 80 milliard dollar.
Eng qimmat brendlar beshligiga Coca-Cola ($69,73 mlrd) va Amazon ($64,8 mlrd) ham kirdi.