1

Tabobat: “SARATON”NING SOVUQ NAFASIDAN YIROQ BO`LING!

Salomatlik 27.09.2017, 11:59
Tabobat: “SARATON”NING SOVUQ NAFASIDAN YIROQ BO`LING!

Shifokorlar kasalni davolagandan ko`ra oldini olgan yaxshi deyishadi. Xalq tabobatida ham kasalliklarni oldini olish uchun ko`pgina dorivor damlamalar tavsiya etiladi. Turli o`sma kasalliklarning oldini olish uchun taomnomangizda doimiy bo`lishi kerak bo`lgan mahsulotlar:

  1. Zaytun yog`i. Bir kunda 1 qoshiq iste`mol qilish etarli.
  2. Ko`k choy. 10 daqiqa damlab qo`yib, kuniga 2-3 marta ichiladi.
  3. Zanjabil ziravori. Ovqatga qora murch bilan birgalikda ishlatiladi, bo`lmasa hazm bo`lmaydi. Kuniga bir chimdim ishlatish kifoya.
  4. Quritilgan, muzlatilgan olcha, malina, qorag`at (chernika)ni ko`p iste`mol qilish lozim.
  5. Olxo`ri, shaftoli, o`rik mevalarini tez-tez iste`mol qilish.
  6. Sabzavotlar, karamning barcha turlari, ayniqsa, dimlab pishirilgani juda foydali.
  7. Sarimsoq va piyozni kuniga xomligicha yoki zaytun yog`ida engil qovurib esa ham bo`ladi.
  8. Qo`ziqorin. Turli xillarini iste`mol qilish mumkin.
  9. Qora shokolad. Ayniqsa tarkibida kakao miqdori 70 foiz bo`lgani foydali, sutli shokolad bundan mustasno.
  10. Pomidor. Zaytun yog`ida dimlangani juda foydali.

QANDAY MAHSULOTLARNI KAMROQ ISTE`MOL QILGAN MA`QUL?

  • Shakar.
  • Non. Oq bo`lka non, pishiriqlar, guruch, ko`p qaynatiladigan makaronlar.
  • Spirtli ichimliklar.
  • Margarin va yog`lar.
  • Kartoshkaning qovurilgani, chipslar, pissalar, xot-doglar va boshqa fast-fudlar.
  • Quyoshda turgan plastik idishdagi suv.


QAYSI MAHSULOTLARDAN KO`PROQ?

  • Asal, qora non, bug`doy non, qora guruch, grechka, suli yormasi (ovsyanka), yasmiq doni (chechevisa), loviya, shirin kartoshka, mevalar.
  • Uyda tayyorlangan limonad, sitrus mevalar po`stlog`idan tayyorlangan choylar.
  • Zaytun yog`i, zig`ir yog`i, tabiiy sut mahsulotlari. Sabzavotlar. Mayda baliqlar. Tabiiy go`sht mahsulotlari, tuxum.
  • Po`stlog`i olingan meva va sabzavotlar.
  • Filtrlangan suv, mineral suv (shisha idishlarda).

KIMYoVIY MAHSULOTLARDAN EHTIYoT BO`LING!

QUYIDAGILAR:

  1. Alyuminiy qo`shimchali dezodorantlar va antipersperantlar.
  2. Gormon, paraben va ftolatlar qo`shilgan kosmetik vositalar: shampun, tirnoq bo`yog`i, soch bo`yog`i, ko`piklar, quyoshdan saqlovchi kremlar.
  3. Hasharot va kemiruvchilarga qarshi vositalar.
  4. Plastik idishlar.
  5. Teflon qobig`i shikastlangan tovalar.
  6. Maishiy tozalaydigan va yuvuvchi moddalar.
  7. Tarkibida ftolatlar bor atirlar

O`RNIGA QUYIDAGILARNI IShLATIShINGIZ MUMKIN:

Tarkibida alyuminiy bo`lmagan tabiiy dezodarantlar (dorixonalardan so`rang)

  1. Paraben va ftalatlar bo`lmagan, tabiiy kosmetika.
  2. Takibida efir yog`lari va borat kislota bor vositalar.
  3. Shisha va keramikadan tayyorlangan idishlar.
  4. Teflon qobig`i shikastlanmagan idishlar.
  5. Ekologik toza maishiy tozalovchi kukunlar va vositalar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1