AsosiySport

​O`FF PREZIDENTI MILLIY TERMA JAMOANING BO`LG`USI MURABBIYI HAQIDAGI SAVOLGA JAVOB BERDI

'​O`FF PREZIDENTI MILLIY TERMA JAMOANING BO`LG`USI MURABBIYI HAQIDAGI SAVOLGA JAVOB BERDI'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasining anjumanlar zalida O`zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Tadbir davomida O`FFning yangi rahbari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Xususan, jurnalistlar tomonidan O`zbekiston terma jamoasining bo`lg`usi murabbiyi yuzasidan berilgan savolga Federasiya rahbari quyidagi javobni qaytardi:

“Bugun terma jamoaga kim murabbiy etib tayinlanishi eng dolzarb masalalaridan biri bo`lib turibdi. Ayni damda bu borada muzokaralar olib borilmoqda, biroq qoidaga ko`ra muzokaralar chog`ida nomzodlarning nomlarini e`lon qilib bo`lmaydi. So`nggi qaror qabul qilingach rasmiy saytimiz orqali yangi murabbiy nomini e`lon qilamiz”

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar