Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasi xalq artisti Filipp Kirkorovning Toshkentga kelgani aks etgan surat paydo bo`ldi.
Kirkorov Toshkentga tashrifi haqida o`zining Instagram sahifasi orqali ham ma`lum qilgan. Postda Toshkentga tashrifining sabablari keltirilmagan.

Filipp Kirkorov poytaxtimizga tez-tez kelib turadi. U konsertdan tashqari, doim kechalar, to`ylar va taqdimotlarda ishtirok etadi.






