1

Shifo maslahat: “FARZANDLI BO`LGACh, KO`ZIM XIRALAShDI”

Salomatlik 29.09.2017, 15:34
Shifo maslahat: “FARZANDLI BO`LGACh, KO`ZIM XIRALAShDI”

— Qizim dunyoga kelgach, ko`rish qobiliyatim pasaydi. Chamasi olti-etti oy davomida uzoqdagi narsa-buyumni xira ko`rdim. Tibbiy tekshiruvlar tug`ruq asoratida ko`z paradasining shikastlangani, yuzasi g`adir-budir ko`rinishga kelganini ko`rsatdi. Shifokor xavotirga o`rin yo`q, vaqti-soati bilan o`tib ketadi, degan bo`lsa-da, ba`zida uzoqni ko`ra olmayapman. Nahot bu o`zgarishlar tug`ruq bilan bog`liq bo`lsa?! Yoki boshqa biror sababi bo`lishi mumkinmi?

Sadoqat Nosirova, Toshkent viloyati

Nodira RASULOVA, shifokor-okulist:

— Ko`rish qobiliyatining pasayishiga turli omillar sabab bo`lishi mumkin. Eslab ko`ring, homiladorlik payti okulist-shifokor ko`rigidan o`tganingizda ko`rish qobiliyatingiz qay tariqa tekshirilgan? Biror o`zgarish aniqlanmaganmi? Uzoqni xira ko`rish avvaldan ko`zda mavjud bo`lgan “plyus” yoki “minus”ning rivojlanishi bilan bog`liq bo`lishi ham mumkin. Ayni vaziyatda ko`z to`r pardasining ultratovushli tekshiruvini o`tkazib, ko`z bosimini o`lchash, ichki qavatlarida qon quyilishi sodir bo`lmaganmi, tekshirish kerak. Tug`ruq vaqti ayol kuchanganida arterial qon bosimining oshishi, ko`z ichki bosimining ko`tarilishiga ham ta`sir qilishi mumkin. To`g`ri, bu o`zgarishlar vaqti bilan o`tib ketadi. Ammo shunda ham e`tiborsizlik qilish yaramaydi. Okulist ko`rigidan o`tib, uzoqni xira ko`rishning asl sababini aniqlashtiring. Shunga ko`ra zaruriy muolaja oling. Mutaxassis tavsiyasi bilan ko`z gimnastikasi, turli vitaminlar va ko`rish qobiliyatini mustahkamlovchi usullar tadbiq etiladi. Ko`katlar eng, mandarin, limon, sabzi tarkibida ham ko`z uchun foydali moddalar ko`p. Darvoqe, homiladorlik payti kamqon bo`lmaganmisiz? Qonda gemoglabin miqdorining pastligi ham ko`rish qobiliyatining pasayishiga sabab bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1