1

Shifo maslahat: “HAVO BULUT BO`LSA, MAZAM QOChADI...”

Salomatlik 29.09.2017, 15:51
Shifo maslahat: “HAVO BULUT BO`LSA, MAZAM QOChADI...”

— Menda xafaqon (gipertoniya) xastaligi mavjud. Mavsum o`zgarishlari, ayniqsa sovuq havoda tomir tortishishi bezovta qiladi. Buning sababi nima bo`lishi mumkin?

Karim Isajonov, Samarqand shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Xafaqon kasalligining asoratlari inson hayotiga jiddiy xavf tug`dirishi mumkin. Xastalikda asosan qon tomirlar, yurak mushaklari, bosh miya, ko`z tomirlari va buyrakda o`zgarishlar ro`y beradi. Qon tomirlarining torayishi bosimni oshiradi, bu esa o`z navbatida yurak ishini kuchaytiradi. Gipertoniya xurujlarini keltirib chiqaruvchi omillar afsuski, mavsum tanlamaydi. Biroq sovuq kunlarda qon tomirlarining torayishi ko`pincha ob-havo o`zgarishi bilan izohlanadi. Haroratning keskin pasayishi natijasida et uvishishi, sovuqsirash yuz berib, bu qon tomirlarining torayishini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, uzoq vaqt ko`chada qolib ketsangiz, oyoqdan zax o`tib, tomirlar faoliyatiga ta`sir etadi. Shu bois qish mavsumida gipertoniklar kamroq sovuq havoda yurishlari maqsadga muvofiqdir. Xafaqon bilan og`rigan bemor ob-havo “injiqliklari”ga chap berish uchun zararli odatlardan voz kechishi, osh tuzi, dudlangan, konserva va achchiq eguliklarni kamroq iste`mol qilishi lozim. Qon bosimini muntazam nazorat qilib turing. Ish faoliyatingizda 10-15 daqiqalik tanaffuslar foydadan xoli emas. Tanaga issiqlik ulashuvchi damlama, issiq qahva yoki kaloriyasi yuqori bo`lgan sho`rvalar ham iste`mol qilinmagani ma`qul.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1