AsosiySalomatlik

Parhezchilar turshakni qachon iste`mol qilishni tavsiya etadi?

Ko`pchilik turshakni yaxshi ko`radi, ammo bu quruq meva qay darajada foydali ekanini tasavvur ham qilolmaydi.

Quritilgan o`rik o`zining ajoyib ta`midan tashqari, organizmnisog`lomlashtiruvchi qator moddalarga ega.

Amerikalik parhezchilar turshakda ko`plab mineral moddalar – kaliy, fosfor, magniy, kalsiy, temir moddasi hamda pektin, organik kislotalar va tabiiy qand (glyukoza va fruktoza) moddasi borligini qayd etadi, shu bois turshakni hatto diabetga chalingan kishilar ham tanovul qilishi mumkin. Quritilgan mevadagi yumshoq kletchatka ichakni yaxshi tozalaydi va bunda oshqozon-ichak traktini shikastlamaydi.

Aksariyat hollardaturshakni kamqonlik va yurak gipertoniyasi kasalligini davolash uchun mo`ljallangan “magniyli parhez”ga kiritishadi. Quritilgan o`rik mevalarini gipovitaminozda, qalqonsimon bez kasalliklari va buyrak xastaliklarida ham iste`mol qilish tavsiya etiladi. Bor-yo`g`i besh dona quritilgan o`rik bir sutkalik norma hisoblanadi.

Mutaxassislarning so`zlariga ko`ra, turshakni ovqatlar oralig`ida tanovul qilgan ma`qul. Bu holda undagi oziqlantiruvchi moddalar organizm tomonidan yaxshiroq o`zlashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar