AsosiyDunyo

Beshta Afrika davlati yagona valyutani joriy etmoqda

Sharqiy Afrika hamjamiyatiga kiruvchi beshta davlat – Burundi, Keniya, Ruanda, Tanzaniya va Uganda yagona valyutani joriy etish haqida bitim tuzdi.

Ushbu davlatlar prezidentlari Uganda poytaxti Kampala shahrida uchrashib, valyuta ittifoqini yaratish to`g`risidagi shartnomani imzoladi. Ushbu kelishuv yaqin 10 yil ichida amalga oshirilishi kerak. 

Sharqiy Afrika hamjamiyatining yangi raisi, Keniya prezidenti Uxuru Keniataning qayd etishicha, valyuta ittifoqi ayirboshlash kursidagi farqdan yo`qotishlar hisobiga mintaqadagi operasion chiqimlar miqdorini kamaytiradi.

Qayd etib o`tamiz, Sharqiy Afrika hamjamiyatiga 1967 yili kelgusida Sharqiy Afrika davlatlarining siyosiy federasiyasini tashkil etishni ko`zda tutuvchi  yagona bojxona ittifoqi, yagona bozor va valyuta ittifoqini yaratish maqsadida asos solingan. Hamjamiyat 1977 yilda o`z faoliyatini to`xtatib, 2000 yil 7 iyulda uni yana rasman tikladi. 

    Boshqa yangiliklar