1

“BOTIR ZOKIROV” NOMIDAGI KO`RIK-TANLOVNI YaNA QAYTADAN TAShKIL QILINADIMI?

Madaniyat 02.10.2017, 10:38
“BOTIR ZOKIROV” NOMIDAGI KO`RIK-TANLOVNI YaNA QAYTADAN TAShKIL QILINADIMI?

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risida”gi PF-5106-son farmoniga asosan, Madaniyat vazirligi rahbar va mas`ullari ishtirokida tizimdagi yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar o`tkazib kelinmoqda...

Navbatdagi uchrashuv mumtoz qo`shiq, zamonaviy va milliy estrada, opera yo`nalishida yakkaxon hamda jamoa shaklida ijod qilayotgan yosh ijrochilar ishtirokida bo`lib o`tdi. Muloqotda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev va vazirlikning tegishli boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.

Konferensiyada O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriga estrada, opera xonandalari, teatrlar aktyorlari, mumtoz qo`shiq ijrochilari tomonidan chet elda bo`ladigan tanlovlarda ishtirok etish, san`atkorlarning mualliflik huquqini himoya qilish, xonandalarning o`z ijod mahsullarini televidenie orqali efirga uzatishning moliyaviy tomonlarini birmuncha muqobillashtirish, shuningdek, musiqali teatr aktyorlarining musiqiy chiqishlarini nafaqat teatrning o`zida, balki televidenie orqali ham efirga uzatish, yuqori saviyali ijod namunalaridagi asarlarni ommaga muntazam etkazish, estrada san`atini rivojlantirish va yosh iste`dodli xonandalarni kashf etish maqsadida tashkil qilingan, hozirda faoliyatini to`xtatgan “Botir Zokirov” nomidagi ko`rik-tanlovni yana qaytadan tashkil qilish, teatrlar, ularda qo`yiladigan spektakllarni aholi va talaba yoshlar hamda aholining turli qatlamlari orasida keng targ`ib qilish, videoklip, kino sohasida yangi chehralarni kashf etish, respublika bo`ylab gastrol safarlari tashkil etish, Koraqalpog`iston Respublikasida san`atkorlarga imtiyozlar asosida lisenziya berishni tashkil etish, yaratilayotgan ijodiy mahsullarni sifatini yanada oshirish haqida savollar, muammolar, takliflar o`rtaga tashlandi.

Ushbu savol va takliflarga vazir tegishli chora tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amaliyotga tatbiq etilishini ta`kidladi. Barcha ijod axliga “O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan odob-ahloq yo`riqnomasi ishlab chiqilayotgani aytildi. Ochiq muloqot tarzida o`tgan tadbirda barcha taklif va muammolar o`z echimini topdi, tegishli tizim tashkilotlariga aniq rejalar ishlab chiqish belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1