03.12.2013 10:17
2014 yil boshida “Samsung Galaxy S V”ning ikkita varianti paydo bo`ladi
Savdolarning boshlanishi 2014 yil mart oyiga to`g`rikelishi kerak. Bu haqda Koreyaning "ET news” sayti xabar beradi.
Xabarda qaydetilishicha, kompaniya yangi qurilmaning birdaniga ikkita modelini chiqarish niyatida: ulardan biri klassik plastik korpusda chiqarilsa, ikkinchisi egiluvchan ekran
bilan jihozlanadi. Ammo smartfonlarning texnik xarakteristikalari bir xil bo`ladi. Qurilma “Android 4.4 KitKat” operasion tizimida ishlaydi, shuningdek u 5 dyuymli "Super-AMOLED” displeyi, hajmi 4000 mAch bo`lgan akkumulyator, 3 Gb OZU, 64 bitli prosessor va 16
megapikselli orqa kamera bilan jihozlanadi.
“Samsung Galaxy S V”smartfonlari “Galaxy Gear 2” aqlli soatlari bilan bir paytda sotuvga chiqariladi.