AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: “GRIPP YuZ O`GIRIB KETMASA...”

'Shifo maslahat: “GRIPP YuZ O`GIRIB KETMASA...”'ning rasmi

— Oyoqda o`tkazilgan grippning asoratlari yomon bo`ladi, deyishadi. Kasallik asoratlaridan qanday qutulish mumkin?

Sohiba Mavlutova, Samarqand viloyati

Saida NURITDINOVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Oyoqda o`tkazilgan gripp bir necha hafta o`tgach, kuchli isitma, ko`krak atrofida og`riq va yo`tal bilan qaytib kelsa, hayron bo`lmang? Bu ikkilamchi pnevmoniya – o`pkaning yallig`lanishi bo`lishi mumkin. Immunitetning tushib ketishi tufayli nafas olish yullari o`pka yallig`lanishiga olib keluvchi bakteriyalar bilan to`ladi. Uning alomati — quruq yo`tal bo`lib, u bemor yotganda yoki nafas olganda kuchayadi. Boshida yo`tal quruq bo`lib, keyin ko`kimtir balg`am paydo bo`ladi. Bundan tashqari, nafas qisishi, terining ko`kimtir oqarishi ham xavotirga asos bo`lishi mumkin. Lekin ba`zida tana harorati ko`tarilmasligi ham mumkin. Shifokorga murojaat qilishni kechiktirmang!

Gripp asoratlaridan qanday xalos bo`lish mumkin?

✓ agar kasal bo`lsangiz, kuchsizlangan organizmingizga og`irlik tushirmaslik va boshqalarga kasallikni yuqtirmaslik uchun hech bo`lmasa bir hafta uyda o`tiring va shifokorni ham uyga chaqiring!

✓ burningizni yuving va tomog`ingizni dengiz tuzi aralashmasi bilan ertalab va kechqurun chaying (1 piyola qaynagan iliq suvga 1 choy qoshiq tuz).

✓xonalarni tez-tez shamollating, viruslar toza havodan qo`rqadi

✓ organizmdan infeksiyani chiqarib tashlash uchun turli dorivor giyohlardan choy damlab iching.

✓ viruslarga qarshi dorilar iching, ular grippni qo`zg`atuvchilarga qarshi kurashadi.

    Boshqa yangiliklar