AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: EROZIYaNI MUSTAQIL DAVOLASh MUMKINMI?

'Shifo maslahat: EROZIYaNI MUSTAQIL DAVOLASh MUMKINMI?'ning rasmi

— Bir necha oy avval menga bachadon bo`yni eroziyasi tashxisini qo`yishdi. Bu kasallikni uy sharoitida mustaqil davolash mumkin, deb eshitgandim. Shu haqda ma`lumot bersangiz.

K.Javlonova, Buxoro viloyati

Nilufar ABDULLAEVA, oliy toifali shifokor-ginekolog:

— Bachadon bo`yni eroziyasi jiddiyasoratlarga olib kelishi bilan tilga olinadi. Ushbu xastalikni zinhor uy sharotida davolab bo`lmaydi. Faqat malakali shifokor nazoratida kerakli muolajalarni o`tkazish lozim. Bugungi kunda bachadon bo`yni eroziyasini davolash turli usullar yordamida bajarilmoqda. Ular orasida zamonaviy dori vositalaridan eroziyani kuydirish muolajasigacha o`rin olgan. Kasallik darajasiga ko`ra tanlangan muolaja to`g`ri bajarilsa, keyinchalik turli muammolardan xoli bo`lasiz.

    Boshqa yangiliklar