03.12.2013 16:50
Shahzoda birovning oilasini buzganlikda ayblandi
O`tgan haftada esa internetdagi aksariyat ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa haqida bema`ni xabarlar tarqaldi...
Unga ko`ra, Shahzoda Muhammedova Temur ismli bir yigitning oilasini buzib yurgan ekan. Bundan tashqari kuni kecha Zarina Nizomiddinovaning internetdagi shaxsiy sahifasiga Shahzoda Muhammedova nomi bilan ochilgan sahifadan xaqoratli so`zlar yozilgan maktublar etib kelgan. Mazkur masala yuzasidan aktrisa Shahzoda Muhammedovaga murojaat qildik.
"O`zim ham sizlarga shu masalada murojaat qilmoqchi bo`lib turgandim. Avvaliga bunday xabarlar, menga bo`lgan tuxmat bo`xtonlar Whatsapp orqali telefonimgi kela boshlagandi. Ularga e`tibor qilmagan edim, endi internetga suratlarim bilan joylashtirishni boshlashdi. Hatto meni nomimdan soxta sahifa ochib aktrisa Zarina Nizomiddinova bilan munosabatlarimizni buzishga ham harakat qilishdi. Bunday odamlarga aytadigan gapim bitta, ularni Xudoning xukmiga topshirdim.