Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoshlarni ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish uchun tanlov e`lon qildi.
Tanlovda Toshkent shahrida doimiy ro`xatda turib istiqomat qiluvchi, 18 yoshdan kam bo`lmagan 30 yoshdan oshmagan, bo`yi 170 sm.dan past bo`lmagan, o`rta, o`rta-maxsus va oliy ma`lumotga ega bo`lgan, Qurolli kuchlar safida muddatli, bir oylik yoki oliy o`quv yurtining harbiy kafedrasida tahsil olgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Toshkent shahri bo`yicha ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish markazlashgan holda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Markaz-4, Navoiy ko`chasi 9a-uyda joylashgan Toshkent shahar IIBB Kadrlar Boshqarmasi Kasbiy tayyorgarlik markazida tasdiqlangan kun tartibiga asosan komissiya a`zolari bilan birgalikda har oyning 3-chi juma kuni soat 08.00 dan 09.00 gacha amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlariga ishga kirish istagida bo`lgan fuqarolar, o`zlari bilan fuqarolik pasporti, tahsil olgan ta`lim muassasining diplomi, shahodatnoma va harbiy guvohnomasining asli hamda mehnat daftarchasining asli yoki nusxasi bilan suhbatdan o`tish uchun savol javobga tayyor holda kelib murojaat qilishlari mumkin.






