1

Choy homilador va emizuvchi ayollar uchun xavfli bo`lishi mumkin

Salomatlik 04.12.2013, 12:06
Choy homilador va emizuvchi ayollar uchun xavfli bo`lishi mumkin
Choyni foydali ichimlik deb hisoblash qabul qilingan.

Biroq bu borada Alberta universiteti olimlari olib borgan so`nggi tadqiqotlar choyning ko`pgina turlarida qo`rg`oshinning xavfli miqdori borligini ko`rsatdi, bu homilador va emizuvchi ayollarga zarar etkazishi mumkin, deb yozadi “The National Post”.

Ushbu og`ir metallning hatto eng kam miqdori ham rivojlanayotgan bolaning asab tizimi uchun xavfli hisoblanadi. Ma`lum bo`lishicha, eng xavfli choy Xitoyda etishtirilar ekan. Bunga choy o`simligi qo`rg`oshin moddasini fabrikalardan chiqadigan turli chiqindilar bilan birga o`ziga tortib olishi sabab bo`lishi mumkin. Hindiston yoki Shri-Lankada etishtirilgan choyni esa dadillik bilan ichsa bo`ladi. 

Olimlar 30 taommabop choy turlarini tadqiq qilib chiqdi. 3 daqiqa davomida damlanib turgan namunalarning 73%da va 15 daqiqa damlanib turgan namunalarning 83%da ushbu metall miqdori 5 mikrogrammdan oshgani aniqlandi. Bu me`yor doirasida bo`lsa ham, agar ayol kuniga 3-4 piyola choy ichsa, tahdid oshishi shubhasiz ekanligi qayd etiladi.

Ma`lumki, organizmda qo`rg`oshin moddasining to`planishi koma va, hatto, o`limga ham olib keladi. U IQ pasayishiga  sababchi bo`ladi. Bo`lg`usi onalarning qonida ko`p miqdorda yig`ilganida esa gipertoniyaga, yangi tug`ilgan chaqaloq vazni kamligiga, nevrologik muammolar va homiladorlikning to`satdan uzilishiga olib kelishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1