AsosiyDunyo

Bolalar uchun mo`ljallangan g`alati o`yinchoqlar (FOTO)

Ushbu o`yinchoqlarningba`zilari shunchaki g`aroyib, ayrimlari esa –be`mani. Shuningdek, ularning orasida bolani rivojlantirishi dargumon bo`lganlari ham bor. 
 
Raketalar otuvchi Dinozavr.

 
Barmoqlarga qarshi kurashish uchun to`plam.


 
“Aeroport”dagi “yuklar”ni ko`rsatuvchi o`yinchoq skaner.

 
Ushbu o`yinchoqning nomi “Kaba Kik”. Yapon ishlab chiqaruvchilari boshga yolg`ondakam o`q otish qiziqarli deb o`ylagan ko`rinadi.

 
Jibba Jabbler – agar bu qo`g`irchoqning bo`ynidan ushlab, silkita boshlasangiz, u baqirib yig`lay boshlaydi. Uni jim bo`lishga majbur etishning yagona yo`li – bo`yinni qattiqroq qisishdir. Qiziq, ishlab chiqaruvchilar bolada qanday ko`nikmalarni tarbiyalamoqchi ekan?

 
Bolalar bankomati. Oldingisi bilan solishtirganda – juda foydali buyum.

 
Tuklarini ustara bilan olsa bo`ladigan sertuk qo`g`irchoq.

 
Tuvak + kompyuter. Ushbu g`alati gibrid ishlab chiqaruvchilari zamonaviy bolalar kompyuterni tuvakka qaraganda oldinroq o`zlashtira boshlaydi, deb o`ylagan bo`lsa ajabmas.

Xavfli materiallarni qidirish va zararsizlantirish o`yini uchun to`plam.

 
“Baliqni tozala” to`plami. Nima bo`pti, bola foydali ko`nikmalarni o`zlashtiradi.

 
“Yo`lbars bolasini hojatxonaga borishga o`rgat” o`yini. Hammasi oddiy: bitta yo`lbars bolasi va ikkita tugmacha.

 
“Yakkashoxning qasosi” o`yini. O`ramidagi tavsifdan: “To`plamda 4 ta sehrli qoziqtish va teshish
uchun 3 ta chiroyli hayvoncha bor”.

 
Cho`kayotgan “Titanik” ko`rinishidagi shishiriladigan tepalik.

 
Smartfon o`rnatilgan to`p. Endi oddiy to`pning o`zi ba`zi ishlab chiqaruvchilarni qoniqtirmayotgan ko`rinadi.

    Boshqa yangiliklar