AsosiyJamiyat

​MATEMATIKA VA FIZIKA BO`YIChA XALQARO ILMIY KONFERENSIYa BOShLANDI

'​MATEMATIKA VA FIZIKA BO`YIChA XALQARO ILMIY KONFERENSIYa BOShLANDI'ning rasmi


Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida Isroilning Xolon texnologiya instituti bilan birgalikda "Matematika va fizikaning dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boshlandi.

Unda yurtimiz olimlari, yosh tadqiqotchilari va talabalari bilan birga, Isroil, Rossiya, Qozog`iston, Meksika, Yaponiya kabi davlatlardan ham matematika-fizika professorlari ishtirok etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri I.Majidov, O`zbekiston Milliy universiteti rektori A.Marahimov, Isroil davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapira va boshqalar xalqlar o`rtasidagi do`stlikni mustahkamlash, yoshlarning bilim olishga ishtiyoqini oshirishda ilm-fan, madaniy-ma`rifiy jabhalardagi aloqalar muhim o`rin tutishini ta`kidladi, deb xabar beradi O`zAA.

O`zbekiston Milliy universiteti jahonning bir qator nufuzli oliy ta`lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bunday ma`rifiy aloqalar ta`lim sifatining yuksalishi, yosh olimlar tadqiqotlari samaradorligining yanada oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Isroilning Xolon texnologiya instituti ana shunday hamkor ilmiy muassasalardan. Mazkur dargohda aniq fanlar, matematika, ilg`or texnologiyalar va nanotexnologiyalar kabi ilm-fanning eng dolzarb va zamonaviy yo`nalishlari bo`yicha izlanishlar olib boriladi. E`tiborga molik jihati, O`zbekistonda tahsil olgan bir qator mutaxassislar mazkur institutda muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar