O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambaevga maktub yo`lladi.
Maktubda Qirg`iziston Bosh vaziri o`rinbosari Temir Djumakadirovning yo`l-transport hodisasi oqibatida bevaqt vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirilgan.
Davlatimiz rahbarining maktubida “Mening samimiy ta`ziyamni qabul qiling hamda marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik so`zlarimni etkazib qo`yishingizni so`rayman”, - deyiladi.