O`zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug`iga asosan Toshkent yuridik kolleji o`qituvchilarining murojaati yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazildi.
Xizmat tekshiruvi davomida Toshkent yuridik kolleji faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirishda N.Temirova tomonidan kadrlarni ishga qabul qilishda qarindosh-urug`chilikka yo`l qo`yilganligi, xodimlarni ishga qabul qilish, ishda qoldirishda ta`magirlik va qonunbuzilishlar mavjudligi, xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari asossiz qo`llanilganligi, kadrlar qo`nimsizligi yildan-yilga oshib borganligi, o`quv jarayonida hamda bitiruvchilarga diplom berishda qonunchilik talablari buzilganligi, ish yuritish va ijro intizomi masalasiga mas`uliyatsizlik bilan yondashilganligi, topshiriq va ko`rsatmalarning tizimli ravishda bajarilmasligi hamda boshqa bir qator qo`pol xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, kollej mehnat jamoasi o`rtasida guruhbozlik va nosog`lom muhit shakllanganligi, ma`naviy-tarbiyaviy ishlarning o`z holiga tashlab qo`yilganligi va rahbar xodimlarning o`z xizmat vazifalariga mas`uliyatsizlik bilan yondashganligi oqibatida 2017 yil 6 oktyabr kuni o`quvchilar tomonidan kollej hududida og`ir jinoyat sodir etilgan.
O`tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko`ra, Toshkent yuridik kolleji direktori N.Temirova tomonidan bir qator qonun hujjatlari talablari buzilgan deb topilgan.
Xizmat tekshiruvi davomida aniqlangan holatlar bo`yicha tegishli huquqiy baho berish uchun tekshiruv materiallari tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi hamda bugungi kunda ular tomonidan kollejda tegishli o`rganishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, 2017 yil 7 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Adliya, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklarining mas`ul rahbar xodimlari ishtirokida o`tkazilgan yig`ilishda kollej rahbariyati tomonidan yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar kollej xodimlari va o`qituvchilari ishtirokida muhokama qilinib, tashkiliy masala ko`rildi.
Yuqoridagilarga asosan, ish faoliyatida yo`l qo`ygan jiddiy xato va kamchiliklari uchun Toshkent yuridik kolleji direktori Natalya Sabirovna Temirova
“2-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvon-martaba darajasidan mahrum qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
22.01.2021, 14:40
Prezient Shavkat Mirziyoev Buxoroga tashrifi davomida yangi qaror loyihasini ikki hafta muddat ichida ishlab chiqish bo`yicha mutasaddilarga topshiriq berdi."Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, yangi...09.11.2020, 09:24
Joriy yilning 3 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir...14.11.2019, 09:39
O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi rais o`rinbosari - viloyat “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi lavozimida ishlab kelayotgan Nilufar Boyqobilovna Nazarova Qashqadaryo viloyat yuridik kolleji direktorining...12.07.2017, 09:52
Prezident tashabbusi bilan 2017/2018 o`quv yillarida 10–11-sinflarning ochilishi munosabati bilan Toshkentda qaysi kasb-hunar kollej va akademik liseylar yopilishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Oliy va o`rta...