AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV OLIY O`QUV YuRTLARIGA KIRISh TEST SINOVLARI TIZIMI ESKIRGANINI QAYD ETDI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV OLIY O`QUV YuRTLARIGA KIRISh TEST SINOVLARI TIZIMI ESKIRGANINI QAYD ETDI 'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta`lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta`limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta`limning bakalavr yo`nalishiga qabul bo`yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig`ilish o`tkazdi.


Unda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi, deb xabar beradi O`zAA.

Yig`ilishda ta`lim muassasalari bo`yicha amalga oshirilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Oliy ta`lim muassasalarida o`quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta`lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta`lim muassasalariga bo`ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbari oliy ta`lim muassasalarining bakalavr yo`nalishiga bo`ladigan test sinovlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, bunda rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o`tgan eng ilg`or tajribalarni tatbiq etish, test sinovlarining shaffofligini ta`minlash yuzasidan ham ko`rsatmalar berdi.


Yig`ilishda yoshlarda oliy o`quv yurtlariga o`qishga bo`lgan talabning oshib borayotganini, bunda muhim bo`lgan test sinovlari tizimining esa eskirgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari mutassadi rahbarlarga ta`lim tizimini takomilashtirish, o`quv adabiyotlari bilan sifatli ta`minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasida tegishli topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar