1

“Google” robotlar ishlab chiqaradi

Hi-tech 05.12.2013, 15:07
“Google” robotlar ishlab chiqaradi
“Google” kompaniyasi robotlar ustida ishlash va ularni ishlab chiqarish bo`yicha bo`linmani tashkil etdi.

Unga “Android”ning sobiq rahbari EndiRubin boshchilik qiladi, deya xabar beradi “The New York Times” nashri.

Hozircha aniq rejalar oshkor etilmayotgan bo`lsa-da, u kompaniyaning birinchi robotlari ishlab chiqarish va logistika vazifalari uchun, eng avvalo, elektronikani yig`ish va etkazib berish ishlarini avtomatlashtirish uchun mo`ljallanishini bildirdi. Shu o`rinda, hozirning o`zidayoq bozorda bunday mahsulotlar taqdim etilganini qayd etish joiz. Bundan oldin “Rethink Robotics” kompaniyasi yig`ish konveyerida ishlash uchun mo`ljallangan "Baxter” robotini chiqargan edi, ko`plab yirik korxonalar, shu jumladan "Apple” uchun yig`uvchi texnikani ishlab chiqaruvchi Xitoyning mashhur “Foxconn” kompaniyasi esa allaqachon o`z zavodlarida robotlardan foydalanishni boshlab yubordi.

Rubinning so`zlariga ko`ra, “Google” gumanoid robotlar, mexanik manipulyatorlar va kompyuterli ko`rish tizimi bilan shug`ullanuvchi AQSh va Yaponiyadagi ettita texnologik kompaniyani sotib olgan bo`lib, hozir yana bir nechta korxonani sotib olish imkonini ko`rib chiqmoqda.

Hozircha, yangi bo`linma “Google” tarkibida qolishi yoki alohida kompaniyaga ajralib chiqishi
noma`lum. Ayni paytda Endi Rubin robot texnikasi bo`yicha mutaxassislarni yollamoqda va loyiha ustida ishlash uchun kompaniyaga dasturchilarni jalb etayotir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1