1

Endi “Mercedes-Benz” avtomobillarini internet orqali sotib olish mumkin

Dunyo 05.12.2013, 16:41
Endi “Mercedes-Benz” avtomobillarini internet orqali sotib olish mumkin
Germaniyada “Daimler AG” konserni o`zining  “Mercedes-Benz” avtomobillarini internet-do`kon orqali sotishni boshladi.

Shunday do`konlardan ikkinchisi 2014 yil boshida Varshavada ochiladi.
Xaridorlar internetda A sinfidagi mashinalarning uchta komplektasiyasini, V sinfiga mansub xetchbek va “universal” kuzovga ega CLS va CLA sedanini tanlashi mumkin. Xarid paketi shartnoma, sug`urta va xizmat ko`rsatishni o`z ichiga oladi. Mijozlarga ba`zi qo`shimcha imkoniyatlar ham taklif etiladi.

Konserndagilarning so`zlariga ko`ra, internet-do`konlarning ochilishi dilerlar uchun noqulaylik tug`dirmaydi, balki yoshroq iste`molchilarni jalb etish imkonini beradi.
Qayd etib o`tamiz, bu yil “Mercedes-Benz” o`zining sotuvlar bo`yicha rekordidan o`zib ketishga muvaffaq bo`ldi. Sotuvlarning o`sish hajmi 16%ni tashkil etdi, jami qariyb 143 mingta
avtomobil sotildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1