1

Artel yangi modeldagi telefon va smartfonlar chiqara boshladi

Hi-tech 05.12.2013, 21:30
Artel yangi modeldagi telefon va smartfonlar chiqara boshladi
Artel savdo belgisi yangi byudjet tizimidagi mobil telefonlar Sport, Race, Sprint va ikkita smartfon Adi5 S va Perfect1 ishlab chiqara boshladi.

Infinity Electronics QK MChJ direktori Alisher Savurovning ta`kidlashicha, o`zimizda ishlab chiqarilgan telefonlarni yaratishda narx va sifatga alohida urg`u beriladi. Aynan mana shu yondoshuv o`zini butunlay oqladi, Artel savdo belgisi telefonlarining mashhurligi O`zbekiston bo`ylab ortib bormoqda, deya xabar beradi Uzdaily nashri.
 
Bugungi kungacha korxonada 250 ming mobil telefonlar ishlab chiqarilgan, ular nafaqat respublikamizda, balki uning tashqarisida ham sotildi. Yangi undan kuchliroq, chiroyli va ultraingichka Sport rusumli mobil telefonlarning modellari va ikkita yangi smartfon ichki va tashqi bozordagi foydalanuvchilarga munosib taklif bo`ladi.
 
«O`zeltexsanoat» uyushmasi raisi Tabriz Jalilovning aytishicha, O`zbekistonda mobil telefonlar ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichi yangi  yanada mukammal modellarni ishlab chiqarishga imkon berdi. Umuman olganda loyiha yiliga 800 ming dona mobil telefon ishlab chiqarishni ko`zda tutadi.
 
Sport rusumli yangi modeldagi telefon va Adi5S hamda Perfect1 smartfonlarini ishlab chiqarish dunyoning etakchi elektronika ishlab chiqaruvchilari, xususan Amerikaning Motorola kompaniyasi, Janubiy Koreyaning LG Electronics, franko-amerikancha Alcatel, Tayvanning MediaTek va Foxconn, Rohde&Schwarz GmbH&Co KG xalqaro kompaniyalar guruhi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
 
Perfect1 smartfoni besh pikselli kamera, hotirasi 1 gigabaytli to`rt yadroli prosessorga ega.

Adi5 S smartfoni besh pikselli kamera, 1,2 GGs chastotali prosessor va 512 megabayt operativ hotiraga ega. Telefon Jelly Bean Android 4.2 operasion tizimida ishlaydi.
 
ArtelSprint telefoni ikkita simkartali bo`lib, GSM 900/1800 Mhz standartida ishlaydi. Ekrani hajmi 2,5 dyuymni tashkil qiladi va 1,3 megapikselli fotokameraga ega.
 
ArtelRace ham ikkita simkartali telefon bo`lib, apparat GSM 900/1800 Mhz standartida ishlaydi. Ekranning hajmi 4 dyuym bo`lib, u 0,3 megapikselli fotokameraga ega.
 
ArtelSport telefoni GSM 900/1800 standartida ishlaydi. Displey hajmi - 1,77 dyuym. Ichki hotirasi 32 Mb va operativ hotirasi – 32 Mb.
 
Infinity Electronics yangi mobil telefonlarni eksport qilish bo`yicha ilk shartnomani imzolashga ulgurdi. Endi Riteyler Pifagor Trading (BAA) Artel mahsulotini butun dunyoga targ`ib qiladi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1